Qo'shma va juft so'zlar imlosi

Qo'shma va juft so'zlar imlosi

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Qo'shma va juft so'zlar imlosi - rasmi

Material tavsifi

Qo'shma va juft so'zlar imlosi Dars rejasi: 1. Qo'shma va juft so'zlar haqida ma'lumot 2. Chiziqcha bilan yozish 3. Qo'shma so'zlarni ajratib yozish Tayanch so'z va iboralar: Qo'shma so'z, juft so'z, takroriy so'zlar, qo'shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish. 1. Quyidagicha tuzilishdagi qo'shma so'zlar qo'shib yoziladi: - bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg'u bilan aytiladigan qo'shma so'zlar: belbog', asalari, oshqozon, sheryurak, qashqargul kabi. - xush, kam, ham, umum, bop, noma, xona, sifat, rang, bahsh kabi so'zlar yordamida yasalgan qo'shma so'zlar: xushxabar, kamhosil, hamfikr, umuxalq, hammabop, tavsiyanoma kabi. - ikkinchi qismi (a) r, -mas qo'shimchalari bilan tugaydigan qo'shma so'zlar: o'rinbosar, cho'lquvar, ishyoqmas, qushqo'nmas. - keyingi qismi turdosh ot yoki obod so'zi bilan ifodalangan geografik nomlar: Amudaryo, Yangiyo'l, Kosonsoy, Yunusobod kabi. 2. Quyidagi tuzilishdagi qo'shma so'zlar ajratib yoziladi: - birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo'lgan geografik nomlar: Kichik Osiyo, Sharqiy Turkiston, Quyi Chirchiq kabi; - qo'shma fe'lning qismlari ajratib yoziladi: shifo topmoq, olib chiqmoq, yoza boshlamoq, aytib bermoq, ko'rgan edi kabi; - qo'shma ravishlar ajratib yoziladi: har kim, hech bir, hamma vaqt, qay kuni kabi. Biroz, birpas, birato'la, birmuncha so'zlarni bundan mustasno; - o'zaro -dan qo'shimchasi bilan bog'langan takror so'zli birikmalar: kundan kunga, tomdan tomga, ochiqdan ochiq, ko'pdan ko'p kabi. 3. Quyidagi so'zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi: - juft va takror so'zlarning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: asta-sekin, uch-to'rt, kiyim-kechak, qop-qop, uy-uyiga kabi; - juft so'zlar orasida -u (-yu) bog'lovchisi qo'llansa, bog'lovchidan oldin chiziqcha qo'yiladi: oq-u qora, kecha-yu kunduz kabi; - ma, -ba yordamida birikkan so'z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, qadam-baqadam kabi; - arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlar chiziqcha bilan yoziladi: 5 -sinf, 6-V sinf, 1991-yil, 3-mart kabi. 4. Quyidagi so'zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi: - juft va takror so'zlarning qismlari chiziqcha bilan yoziladi: asta-sekin, uch-to'rt, kiyim-kechak, qop-qop, uy-uyiga kabi; - juft so'zlar orasida -u (-yu) bog'lovchisi qo'llansa, bog'lovchidan oldin chiziqcha qo'yiladi: oq-u qora, kecha-yu kunduz kabi; - ma, -ba yordamida birikkan so'z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, qadam-baqadam kabi; - arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlar chiziqcha bilan yoziladi: 5 -sinf, 6-V sinf, 1991-yil, 3-mart kabi. 34-mashq. Juft so'zlarni ajratib oling va daftaringizga ko'chiring. Ularning ma'nosini tushuntiring. Urf-odat, nim pushti, yarim orol, tez-tez, baxt-saodat, dori-darmon, toshko'mir, yalang oyoq, tasdiq etdi, uch-to'rt, yoza-yoza, o'gil-u qiz, qosh-qovoq, olgan bo'ldi, qo'rqa-pisa, shu on, tokqaychi, yuzma-yuz, hovli-joy, so'ramay-netmay, olaqarg'a, asbob-uskuna, yer-u osmon, sap-sariq, hol-ahvol, ko'ksulton, keta ber, yoz-u qish. 31-mashq. Gaplarni o'qing, ulardagi qo'shma va juft so'zlarni toping va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.35 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.35 KB
Ko'rishlar soni 139 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga