So'z ma'nosining ko'chishi va nutqda bundan o'rinli foydalanish

So'z ma'nosining ko'chishi va nutqda bundan o'rinli foydalanish

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
So'z ma'nosining ko'chishi va nutqda bundan o'rinli foydalanish - rasmi

Material tavsifi

So'z ma'nosining ko'chishi va nutqda bundan o'rinli foydalanish Dars rejasi: So'z ma'nosining ko'chish yo'llari. Ko'chma ma'noli so'zlardan o'rinli foydalana olish. Mashqlar bajarish. Tayanch so'z va iboralar: So'z ma'nolarining o'zgarishi, ma'no ko'chishi, metafora, metanomiya, vazifadoshlik, sinekdoxa, iboralarning obrazliligi va ta'sirchaligi, yangi so'zlar va adabiy til nuqtai nazaridan bunga munosabat. Tilimizdagi mavjud so'zlar ma'nolarining o'sishi ma'no ko'chishi, ma'noning kengayishi va torayishi tarzida ro'y beradi. So'zlarda ma'no ko'chishi metafora, metanomiya, vazifadoshlik, sinekdoxa kabi hodisalarni o'z ichiga oladi. Metafora (yunoncha metapora -ko'chirma) nisbiy o'xshashlikka ega bo'lgan ikki predmetdan birining nomi bilan ikkinchisini ham atash hodisasidir. Masalan: yoqa -to'nning yoqasi, daryoning yoqasi; etak -ko'ylakning etagi, tog'ning etagi. Metanomiya (yunoncha metanymia -qayta nomlash) narsa va hodisalarning o'zaro bog'liqligi asosida bir predmet nomi bilan ikkinchisini ifoda etishdir. Bunda ikki predmet o'rtasida hech qanday o'xshashlik bo'lmaydi. Ular orasidagi doimiy bog'lanish tufayli birini aytganda ikkinchisi ham anglashiladi. Masalan: Bir kosa suv ichdim, deyish o'rniga bir kosani simirdim. Navoiyning asarini o'qidim, deyish o'rniga Navoiyni o'qidim kabi. Sinekdoxa (yunoncha (sinekdiche -birga anglamoq, qo'shib fahmlamoq) qismning nomi bilan butunni yoki butunning nomi bilan qismni atash hodisasidir. Masalan, bosh yoki tuyoq soz'larining qoramol, qo'y-echki, ma'nosida, tirnoq so'zining farzand ma'nosida qo'llanilishi. Vazifadoshlik muayyan narsaning vazifasini ikkinchi bir narsa bajarishi natijasida avvalgisining nomi bilan keyingilarni ham ifodalashdir. Masalan, siyoh so'zi ilgari yozuvda qora rangli suyuqlik , keyinchalik yozishda ishlatiladigan turli rangdagi suyuqlik ma'nolarida qo'llanadi. Yoki o'q so'zi kamonning o'qi miltiq o'qi zambarak o'qi raketa o'qi birikmalarida ishlatilishi kabi. 56-topshiriq. She'riy parchalardagi so'zlarda uchragan ma'no ko'chish hodisalarini aniqlang va tavsiflang. Mayning to'qqizida gilos ham pishdi, Uni ekkan edik o'tgan navro'zi. Ma'rifat bog'ida, rostini aytsam, Jahon bog'bonining o'zimiz, o'zi. G'G'ulom Lermontovni tashlamadim, So'ngra qo'lga oldim Hofizni. Pushkin menga ko'rsatdi har kech, Yig'lab turgan bir cherkas qizni. H.Olimjon Boyqaro irg'ishlab istak otida, Jahonga boqqanda misli bola sher- Hirot darvozasin bir qanotida, She'riy lashkarini tizgan Alisher. A.Oripov Uzoq yurdim keksa tog' sari, Goh odimlab, gohida chopdim. Nuragan tosh, qoya tagidan, Go'yoki tog' ko'zlarin topdim. Shavkat Rahmon 45-mashq. Gaplarni ko'chiring. Ko'chma ma'noli so'zlarning ma'nolarini farqlab ko'rsating. Bu so'zlarning badiiy nutqda qanday maqsadda qo'llanganligini tushuntiring. 1. Gunohi ne edi bu tilla boshning, Gunohi ne edi porloq quyoshning (I.Sulton). 2. Yanvarning o'n beshlarida butun qishloq to'g'on qurishga otlandi. (O). 3. Eshikka kiring, aka, choy-poy ichib keting (S.A.). 4. Chorva desam, deguday. Tuyog'imiz ko'paysa ko'paydiki, kamaygani yo'q (Sh). 5. Insoniyat dushmani mal'unga qiron solib, Qilichim tili bilan so'zimni ayta oldim (G'.G'). 6. Lekin san'atimiz hozir o'smirlik chog'idayoq qudratli qanot paydo ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.56 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 11.56 KB
Ko'rishlar soni 132 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga