Davlat tili to'g'risidagi Qonun va undan kelib chiqadigan vazifalar Dars rejasi: 1. O'zbek tili -davlat tili. 2. Ona tilini puxta o'rganish uchun nimalar qilish kerakligi haqida bayon yozish. 3. Mashqlar bajarish. Tayanch so'z va iboralar: O'zbek tili - Davlat tili, Davlat tili to'g'risidagi Qonun, yangi tahrir, imlo qoidalari, o'z tiliga hurmat va uni puxta bilish. 13 -topshiriq. Matnni o'qing va shu asosida ona tilini puxta o'rganish uchun nimalar qilayotganingiz haqida bayon yozing. O'zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. Shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz. Mustaqillik sharofati bilan o'zbek tili-davlat tiliga e'tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O'zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to'g'risida g'amxo'rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi. 1993-yil 2-sentabrda Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma'naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o'zgarishlar asosida O'zbek tilining asosiy imlo qoidalari ishlab chiqildi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlandi. Davr taqozosi bilan Davlat tili haqidagi Qonunga ham ayrim o'zgartirishlar kiritildi va 1995-yilning 21-dekabrida O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirda Davlat tili haqidagi Qonuni e'lon qilindi. Bu qonun 24 moddadan iborat bo'lib, uning 1-moddasida asosiy qonunimiz bo'lgan Konstitusiyamizning 4-moddasida yozilganidek, O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir, deb yozib qo'yilgan. Davlat tilini o'rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglangan majburiyatga aylanib bormoqda. O'zbek tilida to'g'ri ifodali so'zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to'g'risida tinmay g'amxo'rlik qilish, uning iste'mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh va o'quvchi o'z ona tilidagi so'z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o'rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So'z fikr qurolidir, kishi qanchalik ko'p so'z bilsa, uning firklash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo'ladi. 14-topshiriq. O'z tilimni puxta bilamanmi? mavzusida bahs-munozara o'tkazing va do'stingizga so'z boyligini yanada oshirishi uchun tavsiyalar yozib bering. 8 -mashq. Maqol va hikmatli so'zlarni ko'chiring, o'zingizga ma'qul bo'lganlaridan ikkitasiga sharh yozing. 1. Til millatning birinchi haqqidir. Shu haq o'ksitilgan bo'lsa, demak, millat o'zini o'zi o'ksitib kelgandir (I.G'ofurov). 2. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir (A.Navoiy). 3. Tilga e'tibor - elga e'tibor. 4. O'z vataningga bo'lgan chinakam muhabbatingni o'z tilingga bo'lgan muhabbatingsiz tasavvur etish mumkin emas (K.G.Paustovskiy). 5. Kimki qisqa so'zda deydi ko'p ma'no, Ravonlik bobida ul kishi a'lo (Abu Shukur Balxiy). 6. So'z so'zlashda va undan jumla tuzishda uzoq andisha kerak (A.Qodiriy). 7. So'z ichra mudom aql yashirindur, so'z chimildig'u aql kelindur (Nosir Xisrav). 9. Tilingda ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:50:47
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.5 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:50 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.5 KB
Ko'rishlar soni
87 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: doc