Gap matn sifatida Dars rejasi: Gap haqida tushuncha. Gap tarkibidagi grammatik vositalar. 52-mashq, 63-topshiriqni bajarish. Tayanch so'z va iboralar: Fikr ifodasi, mantiqiylik, grammatik vositalar, gap va uning turlari. Fikr ifodasida gapning mantiqiy va grammatik talablariga rioya qilish. So'zlarning bog'lanishida til vositalarining hissasi. Bunda tartib va ohangni o'zgartirish imkoniyalaridan foydalanish. Gap obyektiv borliqni kishining unga munosabati orqali ifodalaydigan leksik-grammatik va ohang butunligidan iborat nutq shaklidir. Gap fikrni ifodalovchi birlik sifatida matnning eng kichik ko'rinishi hisoblanadi. So'z va so'z birikmalari muayyan grammatik shakllar, ohang va tartib bilan antiqiy jihatdan bog'langan tarzda gapni shakllantiradi. Gapda so'zlar quyidagi vositalar orqali o'zaro bog'lanib, sintaktik aloqaga kirishadi: Egalik, kelishik va shaxs-son qo'shimchalari Ko'makchi, bog'lovchi, yuklama va bog'lamalar Ohang Tartib Qo'shma gaplarning qismlari esa bog'lovchilar, bog'lamalar, sifatdosh va ravishdosh qo'shimchalarini, ohang yordamida o'zaro bog'lanadi. Gapda maqsadga mos tarzda so'zni qo'llash, ifoda bayoniga muvofiq ketma-ketlikda so'zlarni joylashtirish fikrning mantiqiy izchilligini ta'minlaydi. So'z tartibi yoki ohangning o'zgarishi gapning mazmuni va qurilishini o'zgartiradi. Qiyoslang: Xona bo'sh -Bo'sh xona. Ko'p bolali ayol -Ko'p bolali ayol. 52-mashq Nuqtalar o'rniga tegishli qo'shimcha yoki yordamchi so'zlarni qo'yib, gaplarni ko'chiring. Tanlangan grammatik vositalaringizning vazifasini izohlab bering. 1. Xalq …qalbiga uzoqdan qo'l solib bo'lmaydi, qo'l solish … uning oldi…borish kerak. (A.Q.) 2. Odobli …go'zal xulqli odamlar ko'payavyer…, xalqning qo'stlig… bir-biriga bo'lgan mehr-muhabbati borgan …rivoj topadi (A.Navoiy). 3. Tarbiya bizlar…yo hayot-yo mamot, yo najot-…haloqat, …saodat yo faloqat masalasi… (A.Avloniy) 4. Shu sabab, yaxshilik qilmoq niyati…dilim…jo qilib, ilm ahli…qayta yukunib keld…, ustod! (O.Y.) 5. Nazarimda, u …bo'g'iziga yig'it tiqilib qol…, … … ovozi bo'g'iq va g'amgin edi. (P.Q.) 6. Siddiqjon etagini qoqib o'rni…turdi - …, jadallaganicha ko'cha eshigi…qarab ketdi (A.Q.) 7. Men bir kuy to'qigan …, bilmadim mehmonlar…ma'qul bo'ladi…, yo'qmi? (O.) 53-mashq. O'qing. Gapda so'z tartibi o'zgargan holatlarni aniqlang. Uning sababini izohlang. So'z tartibi va ohang yordamida bog'langan so'zlar mazmunidagi mantiqiy aloqadorlikni tushuntiring. Xo'sh, nechun sevaman O'zbekistonni? Sababini aytgin desalar menga, Shoirona, go'zal so'zlardan oldin Men ta'zim qilaman onba xalqimga. A.Oripov 2. Non shunday qizarib pishganki, ko'rgandayoq tamshanadi kishi. (O.Y.) 3. - Ey, tegma, it yomon, - dedi bobom meni chaqirib. (O.) 4. Bu qarorni amalgam oshirishdagi birinchi qadam - o'qish, o'qilganda ham a'lo o'qish edi. (O'.O'.) 5. Talant qanchalik katta, qanchalik qudratli bo'lmasin, har nechuk yuzada bo'lmaydi, o'xshash yerning qa'rida bo'ladi. (A.Q.) 6. Taqdirin qo'l bilan yaratur inson, G'oyibdan kelajak baxt - bir afsona. (G'.G'.) 7. Eng gullagan yoshlik chog'imda, Sen ocilding ko'ngil bog'imda (H.O.) ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:50:47
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.08 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:50 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
11.08 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: doc