Gapning shakily-mazmuniy tuzilishi Dars rejasi: Matn tuzish va uni o'zgartirishda undan foydalanish yo'llari Ta'limiy bayon yozish Mashqlar bajarish Tayanch so'z va iboralar: Gap va uning turlari, sodda gap, qo'shma gap, gap bo'laklari, boshqa ikkinchi darajali bo'laklar. Gap va uning turlari, tuzilishi.Gap tuzish. So'zlovchining so'zlash maqsadiga xoslangan gap turlariga gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari deyiladi. Kesimni aniqlik maylidagi fe'llardan, tasdiq yoki inkor ma'nosini bildiruvchi otlardan ifodalanib, biror voqea-hodisa hadida xabar bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Kesimi buyruq maylidagi fe'l bilan ifodalanib, buyruq-xitob ma'nolarini ifodalagan gaplarga buyruq gaplar deyiladi. Buyruq gaplarning buyruq maylidagi fe'l bilan ifodalangan kesimi ba'zan tushib qolishi mumkin, lekin uning izi nutq vaziyatidan bilinib turadi. Masalan, Hamma paxta terimiga! Buyruq gaplarning oxiriga yozuvida vergul, ikkinchi shaxs, buyruq maylidagi fe'llar bilan ifodalanadi. Masalan, Chekmang! Ba'zan majhul nisbat, uchinchi shaxs, buyruq maylidagi fe'llar bilan ifodalanishi ham mumkin. Masalan, Ishga qabul qilinsin, so'roq olmoshlari, so'roq yuklamalari yoki so'roq ohagi yordamida ifodalanib, so'zlovchiga noma'lum bo'lgan voea-hodisa haqida axbarot olish maqsadida qo'llanuchi gaplarga so'roq gaplar deyiladi. So'roq olmoshlari yordamida so'roq gaplar bilan so'roq yuklamalari va so'roq ohangi yordamida ifodalangan so'roq gaplar qanday javob talab qilish bilan farq qiladi. So'roq olmoshlari ma'nosiga muvofiq aniq javobni talab etadi. Bunday so'roq gaplar javob talab qilinmaydi. Javobi shu gapning o'zida bo'ladi. So'roq gap kesimi bo'lishsiz fe'llar bilan ifodalangan bo'lsa, tasdiq darak gap ma'nosini; aksincha, bo'lishli fe'llar bilan ifodalangan bo'lsa,inkor gap ma'nosini bildiradi. 1-topshiriq. Ertalab bajargan yumushlaringiz haqida so'zlab bering. Nechta gapdan foydalanganingizni va gap kesimining qanday shaklda ekanligini ayting. 2-topshiriq. Sizga noma'lum bo'lgan voea- hodisa haqida suhbatdoshingizdan so'rang. So'rash uchun ishlatgan gapingizda qanday vositalardan foydalanganingizni ayting. 3-topshiriq. Ma'lum harakat-holatni bajarishga sheregingizni buyuring. Buyurish uchun ishlatgan gapingizning kesimi qanday shaklda ekanligini ayting. darajasiga aylanganligi millatimizning baxtidir. 7.Dunyoda adolat hukmron bo'lishi uchun har bir inson ulkan iste'dodini,butun kuch -g'ayratini sarflamog'i joiz 8. E'tibopr bering: Navoiy she'riyat olamiga kirishi bilanmoq asarlarini o'z ona tilida yoza boshlangan. 58-mashq. A.Oripov she'rini ifodali o'qing. Unga ishlatilgan so'roq va buyruq gaplarga e'tibor bering. She'rning nasriy bayonini yozing. QISH KECHASI Taqilladi eshik nogahon, Kimsan? - deyman, tugab sabotim. - Ochgil, -deydi. - men senga mehmon, Bilmoq bo'lsang - Tashvishdir otim. Taqillaydi eshik nogahon, Kimsan? - deyman tugab sabotim. Ochgil, - deydi. - Bu - men, qadrdon. Bilmoq bo'lsang - bardoshdir oti Tashqarida shamol uvillar, Tun bo'yi yummayman ko'zim, Tun bo'yi bahs qillar ular, Tun esa -chi, juda ham uzun. 164-mashq. Gaplarni o'qing. Darak gaplarni so'roq gaplarga aylantiring.(Ohang yordamida, yuklamalar, so'roq olmoshlari yordamida) Yog'ochdan yasalib, nAQSHu nigoh ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 14:50:47
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.04 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:17
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 14:50 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.04 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:17 ]
Arxiv ichida: doc