So'zning hissiy-ta'siriy jihatdan nutqdagi o'rni

So'zning hissiy-ta'siriy jihatdan nutqdagi o'rni

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
So'zning hissiy-ta'siriy jihatdan nutqdagi o'rni - rasmi

Material tavsifi

So'zning hissiy-ta'siriy jihatdan nutqdagi o'rni. Dars rejasi: 1. Soz'larning hissiy-ta'siriy belgilari. 2. Bo'yoqdor so'zlarning nutqdagi o'rni. 3. Mashqlar bajarish. Tayanch so'z va iboralar: Hissiy-ta'siriy munosabat, betaraf so'zlar, bo'yoqdor so'zlar, ko'tarinki ruhiyat, erkalash, nafratlanish, hurmatsizlik ma'nolari. Betaraf, bo'yoqdor so'zlarni qo'llash holatlari. So'zning bo'yoqdorligidan nutqda to'g'ri foydalanish. Izohli diktant o'tkazish. So'zlovchining turli hissiy-ta'siriy munosabatlarini ifodalash xususyatlariga ko'ra so'zlar ikki turga ajratiladi. Bular betaraf so'zlar va bo'yoqdor so'zlardir. Muayyan tushunchani ifodalab, so'zlovchining turli munosabatini bildiruvchi, qo'shimcha ma'no jilosi bo'lmagan so'zlar hissiy-ta'siriy jihatdan betaraf so'zlar hisoblanadi. Masalan: yil, kun, joy, qo'shiq, yashil, tuman, barcha, kelmoq, yurmoq kabi. Leksik ma'no bilan birga, ma'nosi anglashilayotgan narsa, belgi yoki harakat-holatga so'zlovchining turlicha munosabatlarini ham ifodalovchi so'zlar hissiy-ta'siriy jihatdan bo'yoqdor so'zlar sanaladi. Masalan: chegra, jamol, bashar, tabassum, noshud, naynov, bashara, do'mboq, xomxayol, gazanda, ko'rkam, ustuvor kabi. 50-mashq. Gaplarni o'qing, hissiy-ta'riy jihatdan betaraf va bo'yoqdor so'zlarni topib, farqini ayting. 1. So'yla gulim. Yashirmagil nedirsa adarding, yaralanmish yurak, nechun qizardirng? (Fitrat) 2. Uch qadamcha narida Umar aka jiyronni jilovidan tutib turardi (O'.H.) 3. Bashirjonning xumkallasi, ko'ksiga solingan kichik, ensiz bag'baqasi ikki buklanib, osilib turardi (N.A.) 4. E, akillayberasan-da, Safar! -dedi bo'qoq. - Biz nima deyapmiz-u, sen nima deyapsan! (A.Qos). 5. Rasadxona zimiston bo'lsa ham, Ali Quchchining o'tkir ko'zlari darrov ko'rdi: poygakda bir kimsa gavdasi bilan eshikni to'sib, qaqqayib turardi. (O.Y.) 6. Qo'shiqning oxiri olqishlarga ko'milib ketdi. (N.A.) 7. Ustaning chegarasidagi mahzunlik, ovozidagi dard qalandarning yuragiga nashtardek sanchildi (O.Y.) 61-topshiriq. Matnni o'qing. Hissiy-ta'siriy jihatdan bo'yoqdor so'zlarni topib, ijobiy va salbiy ma'no jilolarini izohlang. …Bolam ….Muzaffarim yigit bo'p qopti. Mo'ylovi sabza uribdi. Ovozi do'rillab qolibdi…Vijdonsiz cho'loq! Aqalli shu kuni yasantirib qo'ysa o'ladimi! Avavi shallaqi Robiya jillaqursa tug'ilgan kunida bolaga yirtiq shim kiygizishga uyalmaydimi? Zolimmi, ablahmi, otasi Nasibaga har yili tug'ilgan kuni bosh-oyoq sarpo qiladi-ku! O'g'lim bo'lsa pochasi ilma-teshik shim kiyib yuribdi. Tug'ilgan kunni qayoqdan biladi qishloqi Robiya! Bolaning ko'nglini olish xayoliga keladimi to'pori cho'loqning! Yaxshiyam cho'ntagiga pul solib qo'yganim. Bilib qo'ylaring! Bolaning ko'nglini senlar ololmasang, xursand qiladigan onasi bor! Qayerda kelib qoldim? Ajab, o'zimizning ko'cha-ku!… Qiziq, inson umri shunaqa tez o'tarkanmi? Kechagina emasmidi, shu ko'chada qo'shni qizaloqlar bilan sopalak o'ynaganimiz! O'.Hoshimov 51-mashq. Gaplarni o'qing. Gap qismlarini bog'lab turgan grammatik vositalarni aniqlang. 1. Do'stlar to'planishdi va biz uzoq suhbatlashdik. 2. Odamga andisha kerak, lekin undan ilgariroq insof kerak. (A.Q.) 3. Zangori osmon shunday tiniq, shunday beg'uborki, ko'zni oladi. (O) 4. Bir vaqtlar siz ham, Temir Akbarovich, xato qilishdan qo'rqmaslik kerak, deb dadil gapirar edingiz. (P.Q.) 5. Yo uning tovushi chiqmaydi, yo odam yo'q. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.92 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.92 KB
Ko'rishlar soni 87 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga