To'g'ri yozish -savodxonlik asosi. O'zbek imlosining nazariy asoslari va tamoyillari Dars rejasi: 1. O'zbek tilining imlo qoidalarini sharhlash. 2. Unli va undosh tovushlar imlosiga oid hodisalarni farqlash. 3. Mashqlar bajarish. Tayanch so'z va iboralar: Tovush, harf, unli tovush, jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, unli va undoshlarning qo'shaloq qo'llanilishi. 15 -topshiriq Matnni o'qing. Berilgan imlo qoidasini sharhlang. To'g'ri yozish qoidalari tilshunoslar tomonidan tuziladi va jamoatchilik muhokamasidan o'tkaziladi. Imlo qoidalari hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Kishilar o'zaro yozishmalarida, rasmiy ish yuritishda, ta'lim jarayonida, madaniy-ma'rifiy faoliyatda tilning imlo qoidalariga amal qilishga majburdirlar. So'z va qo'shimchalarning yozilishi ma'lum bir qoidalarga asoslanmasa, yozuvda har xillilik yuzaga keladi, natijada bir-birini tushunish imkoniyati yo'qoladi. Shuning uhun ham o'zbek tilining imlo qoidalarini puzta o'zlashtirish lozim. 1995-yilning 24-abgustuda tasdiqlangan O'zbek tilining asosiy imlo qoidalarida Harflar imlosi, Asos va qo'shimchalar imlosi, Qo'shib yozish, Qisqacha bilan yozish, Ajratib yozish, Bosh harflar imlosi va Ko'chirish qoidalari nomli bo'limlar bor. Masalan, Asos va qo'shimchalar imlosi bo'limidagi bir qoida bilan tanishamiz: Qo'shimcha qo'shilishi bilan so'z oxiridagi unli o'zgaradi: a unlisi bilan tugagan f'llarda -v, -q, -qi qo'shimchasi qo'shilganda a unlisi o aytiladi va shunday yoziladi: sayla -saylov, sina -sinov, aya -ayovsiz, so'ra -so'roq, bo'ya -bo'yoq, o'yna-o'ynoqi, sayra-sayroqi kabi; i unlisi bilan tugagan ko'pchilik fe'llarga -v, -q qo'shimchasi qo'shilganda bu unli u aytiladi va shunday yoziladi: o'qi -o'quvchi, qazi-qazuvchi, sovi-sovuq kabi. Lekin i unlisi bilan tugagan ayrim fe'llarga q qo'shimchasi qo'shilganda bu unli i aytiladi va shunday yoziladi: og'ri-og'riq, qavi-qaviq kabi Talaffuz va imlo Talaffuz bilan imlo bir-biriga chambarchas bog'liqdir. Adabiy til qonuniyati asosida to'g'ri yozish qanchalik muhim bo'lsa, to'g'ri talaffuz qilish ham shunchalik zarur. Ammo so'zning talaffuzi bilan yozilishi doim mos kelavyermaydi. Buni tovushlarning so'zdagi o'rni va o'zaro ta'siri bilan izohlash mumkin. Tilshunoslikda to'g'ri talaffuz qoidalari to'plami orfoepiya, to'g'ri yozuv qoidalari to'plami esa orfografiya deyiladi. Unli tovushlar talaffuzi va imlosi Unli tovushlar ovoz paylarining o'pkadan chiqayotgan havo oqimi ta'sirida tebranib, og'iz bo'shlig'ida hech qanday to'siqqa uchramay o'tishi natijasida hosil bo'ladi. Ovoz (un) parchalarining titrashidan bo'g'iz bo'shlig'ida sof ovoz yuzaga keladi. Unlilarni talaffuz qilganda og'iz bo'shlig'i ochiq bo'ladi, asosiy vazifani esa ovoz parchalari, til va lablar bajaradi. ovoz paychalarining harakati musiqiy ohangni vujudga keltiradi. Shuning uchun unli tovushlarda musiqiylik, ohangdorlik kuchli bo'ladi. Ularni nutq talabiga ko'ra istagancha cho'zib talaffuz etish mumkin. Hozirgi o'zbek adabiy tilida oltita unli tovush mavjud: A, O, I, U, O', E. 19-topshiriq. Quyidagi so'zlarni daftaringizga ko'chiring va yozilishini bilib oling. Azm, aysh, arz, aft, aql, badnafs, bahs, boks, bazm, bayt, brak, vazn, vahm, ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 15:43:17
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.05 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:21
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 15:43 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.05 KB
Ko'rishlar soni
156 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:21 ]
Arxiv ichida: doc