So'zning o'z va ko'chma ma'nosi. S'oz tanlash va qo'llash Reja: 1. So'zning ma'nosi. Grammatik ma'no. 2. So'zning o'z va kochma ma'nosi. 3. Ma'no kochishi. So'z va ma'no . Leksiyakologiyaning o'rganish manbai,ya'ni obyekt bo'lgan so'zni tushuncha va manosiz tasavvur qilib bo'lmaydi. So'z tovush orqali iddrok qilinishi va ma'no anglatishi bilan birga tushuncha ifodalash xususiyatiga ham ega. Chunki tushuncha narsa va predmet voqea va hodisani muhim belgisi asosida boshqa barcha narsa predmet, voqea va hodisadan ajratadigan fikr shakli. U ana shu narsa va hodisa uning xususiyatiga orasidagi ma'lum bog'lanish ongda aks ettiradi. Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma'noda, so'z-tushunchaning tildagi ifodasi. So'z orqali predmet va hodisa bir-biriga qiyos qilinadi va shu yo'l bilan uning umumiy va xususiy belgisi ajratiladi. Masalan, hozirgi o'zbek tilda daraxt so'zi umuman daraxt haqidagi tushunchani bildiradi.Ayni zamonda bu so'z mevali va mevasiz daraxtni, mevaldaraxtdan olma, o'rik shaftolini shaftolidan chillaki shaftoli yoki anjir shaftoli kabi tushunchani ham ifodalash ham mumkin. Misoldan ko'rinadiki, tushuncha doirasi qanchalik kengay sari, predmet haqidagi tasavvur ham kengayib boradi,Shu predmetni anglatgan so'z manosida ham kengayish yuz beradi. So'z ma'nosi nima? Narsa va predmet, voqea hodisa yoki ular orasidagi munosabatning so'zda aks etishi so'zning ma'nosi deyiladi. Boshqacha aytganda u so'zning borliqdagi narsa va hodisa (narsa - shaxs, belgi,miqdor, harakatni bildirishi, nimaningdir atamasi, nomi bo'lishidir). Odatda, predmet yo hodisaga duch kelinganda dastlab u tanish predmet bilan qiyoslanadi va shu asosida yangi predmet yoki hodisaning biror muhim belgisi (xususiyati) ajratiladi. Ana shu muhim belgi narsa va predmetga nom berish uchun asos bo'ladi, Bu nom so'zning ma'nosini tashkil qiladi. Buni ayniqsa, tildagi barcha yasama so'zda yaqqol ko'rish mumkin! ishchi - ishlaydigan, tomchi-tomadigan, guliston-gul o'sadigan, qumtepa-qum uyumi kabi. So'z gapdagi vazifasini grammatik shakllanganda ro'yobga chiqaradi. Biz litseyda o'qiymizgapi grammatik shaklsiz(Biz, litsey,o'qi) holida fikr ifodalay olmaydi. Demak, so'zning mohiyatini tushinmoq uchun uning fonetik, sematik, grammatik tomoniga e'tibor berish kerak. Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, so'zga quydagicha ta'rif beriladi:tugal shaqlangan ma'lum ma'no bilan bog'langan tovush yoki tovush birikmasidagi iborat til birligi so'z sanaladi. So'zning ma'nosi murakkab bo'lib, uning bir necha tipi mavjud. Eng avvalo ma'noning lug'aviy (leksik), grammatik va qo'shimcha ma'no turini farqlash kerak. So'zning borliqdagi qanday narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat holatni bildirishni uning lug'aviy (leksik), atash ma'nosi deyiladi. Masalan: non- oziq-ovqat, keldi-harakat, so'zning leksik ma'nosi uning o'zak, negizida bo'ladi.Ba'zi bir so'zda lug'aviy ma'no bo'lmaydi: Lekin, bilan, va, ammo, uchun so'zi kabi. Faqat mustaqil so'zgina atash ma'nosiga ega bo'ladi. Olmosh bundan mustasno. U o'zi almashtiradigan mustaqil so'zning atash ma'nosiga ishora qiladi. Grammatik ...

Joylangan
06 Mar 2024 | 18:58:25
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.73 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:20
Arxiv ichida: doc
Joylangan
06 Mar 2024 [ 18:58 ]
Bo'lim
Ona tili va tilshunoslik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.73 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:20 ]
Arxiv ichida: doc