Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari. Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari

Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari. Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari

O'quvchilarga / Ona tili va tilshunoslik
Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari. Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari - rasmi

Material tavsifi

11-mavzu. Ilmiy maqola va uning til xususiyatlari. Ilmiy maqolaning tarkibiy qismlari. Rejasi: Maqola tushunchasi Maqola va uning turlari Maqola -publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilg'or ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targ'ibot maqola., muammoli maqola. keng qo'llanadi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas'uliyatli maqolasi bo'lib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o'quvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qo'yiladi. Bunday maqola muayyan masala yuzasidan yo'l-yo'riq ko'rsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo'lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi. Nazariy maqola va targ'ibot maqola ning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g'oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o'quvchining g'oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida bo'lib, unda biror masala yuzasidan muallif o'z qarashlarini o'rtaga tashlaydi. O'zbekistonda maqola janri tarixi, asosan, Turkiston viloyatining gazeti bilan bog'liq. Unda ijtimoiy siyosiy hayotning turli sohalari o'z ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar o'zbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa o'z maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida M.ning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashirdir. Maqola istilohi keng ma'noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, to'plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo'llanadi. Maqola - adabiy yoki ilmiy mazmunda bo'lib, hajm jihatidan ancha katta bo'ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag'ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko'ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo'linadi.Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo'ladi: Kirish - bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. Asosiy qism - muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. Xulosa - mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me'yorlariga to'liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e'tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma'lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ko'rsatiladi. Ilmiy maqola yozish uslubiyoti haqida yozishdan oldin maqola o'zi nima degan savolga to'xtalsak. Adabiyotshunoslikda maqola publistik janr hisoblanadi. Janrda ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinadi, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 23.03 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:17 O'zgarish: docx fayl yangilangan
Joylangan
Fayl formati docx
Fayl hajmi 23.03 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: docx fayl yangilangan
Tepaga