Afaziyada nutqni tiklash metodikasi

Afaziyada nutqni tiklash metodikasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Afaziyada nutqni tiklash metodikasi - rasmi

Material tavsifi

Afaziyada nutqni tiklash metodikasi Reja: Afferent motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik ishlar O'qish va yozishni tiklash Tushunishni tiklash Hikoya qilish qobiliyatini tiklash Afferent motor afaziyani bartaraf etishda korreksion-pedagogik Afferent motor afaziya afaziyaning ogir shakllaridan hisoblanib, 3-5 yillar davomida muntazam olib borilgan logopedik ishlar orqaligina ijobiy natijalarga erishish mumkin. Afiziyaning bu shaklida nafaqat chuqur artikulyator buzilishlar kuzatilibgina qolmay, balki agrafiya, turli darajadagi og'irlikda aleksiya, impressiv agramatizmlar ham yaqqol ko'zga tashlanadi. Korreksion-pedagogik mashg'ulotlarning maqsadi so'zlashning artikulyatsion kinestetik bazasini tiklash, agrafiyani bartaraf etish, keng ko'lamdagi og'zaki va yozma bayon qilishning ko'nikmalarini vujudga keltirishdir. Korreksion-pedagogik mashg'ulotlarning asosiy vazifasi - kinestetik gnozis va praksisni bartaraf etishdir. Logopedik ishning aniq vazifalari va usullarini logoped nutq buzilishining og'irlik darajasiga qarab aniqlaydi. Yaqqol ko'zga tashlanadigan afferent motor afaziyaning bartaraf etishning boshlang'ich davrida korreksion pedagogik ishlar quyidagi reja bo'yicha olib borildi: Nutqning talaffuz tomonini tiklash; Nutqning tushunishdagi buzilishini bartaraf etish; O'qish va yozuvning analitik elementini tiklash. Kasallikning o'rta og'ir darajasida korreksion pedagogik ish artikulyatsion malakalarini mustahkamlash, literal parafaziyani bartaraf etish, ekspressiv nutqni rivojlantirish, murakkab bo'g'inli so'zlarning talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish, ekspressiv va impressiv agrammatizm hamda so'zlarni yozishdagi paragrafiyalarni bartaraf etish. Kasallikning yengil darajasida korreksion-pedagogik ish murakkab bo'g'inli so'zlar talaffuzida artikulyator qiyinchiliklarini, agrammatizm elementlarini bartaraf etish va kasallarni o'qish yoki ish joylariga qaytarishga tayyorlash. Afaziyaning bu shaklida korreksion-pedagogik ish usullarini tanlash nutq orqali muloqotning kodlaydigan paradigmatik bo'limining buzilish darajasiga bog'liq. Bu darajani neyropsixologik tekshirish orqali aniqlanadi. Masalan, impressiv agrammatizmning chuqur ko'rinishida namoyon bo'lishi bosh miya quyi kismida kattagina jarohatlar borligidan dalolat beradi va natijada logoped o'z ishida bosh miya quyi qismining vazifalariga suyana olmaydi. Agar logoped o'z ishining buzilgan artikulyator qiyinchiliklarini tiklashda so'z paydo qilish orqali emas, balki ko'rish va eshitish nazorati orqali boshlasa maqsadga muvofiq bo'ladi. Kasallarda tiklanishning rezidual-davrida o'qish va yozish buzilishlari kuzatiladi. Shuning uchun bemorlarga tovushlarni eshitishga o'rgatish, ma'lum tovushlarni so'z boshida, o'rtasida va oxirida aniqlash, eshitish asosida harflar yoki so'zlarni yozdirish ahamiyat kasb etadi. Bunday ishlarni olib borilmaslik bemorlarda o'qish va yozishning tiklanishini kechiktiradi. Logoped bemorlar bilan ishlash jarayonida ularda aniq nutq emboli «na-na-na», «ti-ti», «ana», «mana» mavjud bo'lgandagina ko'rish va eshitish imitatsiya usullaridan foydalanadi. Bu usullar ko'pincha hiqildoq va ovoz boylamlarini apraksiyasi, hamda artikulyatsion apparatning total apraksiyasida qo'llaniladi. Ushbu usullarni qo'llash jarayonida oyna, zondlar va boshqa logopedik asboblardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bular bemorning erkin harorat darajasini oshirib, ularning artikulyatsion qiyinchiliklarni chuqurlashtiradi. Artikulyatsion apraksiya ko'p hollarda oral (nutqsiz) apraksiya bilan kuzatiladi, bunda bemorlar puflay, tuflay olmaydilar, lozim bo'lganda tilini chiqarib ko'rsata olmaydi, lunjlarini shishira olmaydilar. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.78 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 50.78 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga