Alaliya - rasmi

Material tavsifi

Alaliya Reja: 1. Alaliya, uning sabablari. Motor alaliya 2. Motor alaliyada korreksion ta'sir etish tizimi Alaliya uning sabablari. Motor alaliya Alaliya - bolaning ona qornida yoki dastlabki rivojlanish bosqichida nutq shakllanishiga qadar bosh miya qobig'i nutq doirasining organik jarohatlanishi oqibatida uzluksiz rivojlanmay qolishdir. Alaliya atamasi (grekcha a - yo'q, lotincha lalio - nutq) tarjimasi nutqning yo'qligi, nutqsizlik holati - nutq buzilishlariga doir adabiyotlarda qadim zamonlardan beri kuzatiladi. Maxsus adabiyotlarda alaliya atamasidan tashqari, shu nutq nuqsonini anglatuvchi quyidagi atamalardan foydalanganlar: Tug'ma afaziya, Ontogenetik afaziya, Rivojlanish afaziyasi, Disfaziya, Nutqiy rivojlanishi sustlashuvi, Nutqning konstitutsional orqada qolishi, Tilni egallashdagi kamchiliklar va h.k. Alaliyaning tarqalganligi haqida ilmiy asoslangan ma'lumotlar yo'q. Ma'lumotlarga ko'ra, alaliya maktabgacha yoshdagi bolalarning bir foizi, maktab yoshidagi bolalarning 0,6 - 0,2% foizni tashkil etadi. O'rtacha hisobda, alaliya aholining 0,1 foizida kuzatiladi. Mualliflarning ta'kidlashicha, alaliya o'g'il bolalarda qizlarga nisbatan 2 marta ko'p uchraydi. Alaliya sabablari Alaliyani o'rganishda uzoq vaqt mobaynida uning kelib chiqish sabablarini turlicha ko'rsatganlar. R. Koyen 188, A. Guttsmon 1924, E. Freshels 1931, M. Zeyeman 1962 va boshqalarning fikricha, alaliya bolaning ona qornida yoki rivojlanish bosqichida shamollash yoki alimentartrofik moddalar almashinuvining patologik jarayoni natijasida kelib chiqadi. A. Treytel 1901 fikricha, alaliya diqqat va xotirani yetarli emasligining natijasidir. A. Libman 1901 alaliyada nutqning to'liq emasligini intellektual yetishmovchilik bilan bog'laydi. A. Iving 1963 bolalarda nutqning to'liq rivojlanmaganligi asosida so'zning motor obrazi yo'qligini miya buzilishlariga bog'lab ko'rsatadi. M. Zeyeman 1962 ta'kidlashicha, nutq bosh miya markazlarining buzilishining natijasida rivojlanmaydi. R. Luxzinger 1970, M. Berri 1957, M.B. Eydinova 1961, V.A. Kovishkov 1985 va boshqalar alaliyani kelib chiqishida tug'ma bosh miya travmalari va chaqaloqlar asfiksiyasining rolini belgiladilar. Tug'ruq travmalari va asfiksiyalar bir qator hollarda homilalik patologiyasining oqibatidir. Bu surunkali kislorod yetishmovchiligini keltirib chiqaradi va nafas olish markazlari funksiyasining pasayishiga olib keladi. Miya to'qimalari, birinchi navbatda filogenetik munosabatga nisbatan yosh, po'stloqning uchinchi qatlami kislorod yetishmovchiligiga birmuncha sezgir hisoblanadi. Miya po'stlog'ining uchinchi qatlami assotsiativ aloqalarning murakkab tizimini boshlab beradi. Bu tizim insonning oliy po'stloq funksiyalarining shakllanishini, birinchi navbatda nutq va psixikani ta'minlaydi. Etiologik omillar ichida yetakchi o'rinda homilaning ensefalit, meningit bilan xastalanishi; rivojlanishi uchun nomaqbul sharoit; homilaning zaharlanishi; homila yoki ilk rivojlanish davrida bosh miya shikastlari; ilk bolalik davrida xastalanishlar natijasida bosh miyaning zararlanishi va boshqalar. Homiladorlik patologiyasi miya moddasining diffuz jarohatlanishiga olib keladi, tug'riq kalla-miya travmalari va chaqaloqlar asfiksiyasi nisbatan lokal buzilishlarni keltirib chiqaradi. Bosh miya po'stloqidagi turli sohalarning jarohatlanishi, nutqiy va nutqiy bo'lmagan funksional tizim rivojlanishidagi buzilishlarni keltirib chiqaradi. YE.M. Mastyukova (1981) neyroontogenez nuqtayi nazaridan alaliyani xarakterlay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.51 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 38.51 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga