Artikulyatsiya gimnastikasi Reja: Statik tayyorgarlik mashqlari Dinamik tayyorgarlik mashqlar Sigmatizm va uni bartaraf etish Artikulyatsiya gimnastikasi Dastlabki logopedik tekshirish jarayonida artikulyatsion apparat a'zolari tuzilishida kamchiliklar borligi aniqlanadi. Bunday hollarda fonematik idrokni rivojlantirish ishlari bilan parallel ravishda artikulyatsiya gimnastikasi (tayyorgarlik mashqlari) olib boriladi. Artikulyatsiya gimnastikasining maqsadi, tovushlarni to'g'ri talaffuz etish uchun zarur bo'lgan artikulyatsiya a'zolarini to'liq, aniq keltirish va oddiy harakatlarni murakkab harakatlarga - turli xil fonemalarning artikulyatsiya tartibiga birlashtirishdan iboratdir. Hamma artikulyatsion mashqlari tizimini ikki turga bo'lish mumkin: statik va dinamik. Statik mashqlarda artikulyatsiya a'zolari turli holatlarga keltiriladi, lekin harakat bo'lmaydi. Dinamik mashqlarda artikulyatsiya a'zolari turli holatlarga va shu bilan birga harakatga keltiriladi. Har bir mashqlar o'z nomiga ega. Mashqlarning nomlari shartli, lekin bolalarning ularni eslab qolishlari juda muhimdir. Chunki, birinchidan, nomlar bolada o'tkaziladigan mashqqa nisbatan qiziqish uyg'otadi, ikkinchidan, vaqtni tejaydi, ya'ni bunda logopedga har safar mashqlarni bajarish usulini takror tushuntirishga hojat qolmaydi, bolaga bajarilishi kerak bo'lgan mashqning nomini aytish kifoya. Statik tayyorgarlik mashqlari «Belkurakcha». Til keng holda chiqarilib, bo'shashtiriladi va pastki lab ustiga qo'yiladi. Bunda til titramasligi kerak. Til shu holda 10 - 15 daqiqa ushlab turiladi (14-rasm). «Kosacha». Og'iz keng ochiladi, til keng chiqarilib yuqoriga ko'tariladi. Til yuqori tishlar tomon olib boriladi, lekin ularga tekkizilmaydi. Shu holda til 10 - 15 daqiqa ushlab turiladi (15-rasm) «Ninacha». Og'iz ochiladi. Til oldinga tomon ingichka qilib chiqariladi. Shu holatda 15 daqiqa ushlab turiladi (16-rasm). «Tepacha». Og'iz yarim ochiladi. Tilning orqa yonlari yuqori jag' tishlar bilan qisiladi. Tilning uchi pastki oldingi tishlarga tiraladi. Bu holat 15 daqiqa ushlab turiladi (17-rasm). «Naycha». Til keng holda chiqariladi. Tilning ikki yon tomoni yuqori tomon buklanadi. 1. Hosil qilingan naychadan puflanadi. Mashq sekin sur'atda 10 - 15 marta bajariladi (18-rasm). Aytib o'tilgan mashqlarning har biri aniq, sekin 8 - 10 marta bajariladi. Dinamik tayyorgarlik mashqlar «Soatcha». Til uzun-ingichka qilib chiqariladi. So'ng shu holda til og'izning o'ng burchagidan chap burchagi tomonga qarab harakatga keltiriladi. Mashq 15 - 20 marta bajariladi (19-rasm). «Ot». Til tanglay tomon so'rilib, so'ng qo'yib yuboriladi. Shunda til taqillagan ovoz chiqaradi. Tilni taqillatish sekin va kuchli bo'lishi kerak. Bu mashq 10 - 15 marta bajariladi (21-rasm). «Qo'ziqorin». Og'iz ochiladi. Til tanglay tomon so'riladi, Shunda til tanglayga qattiq jipslashadi. Bu holda til ushlab turiladi, shu vaqtning o'zida pastki jag' pastga tomon tushiriladi. Bu mashq 10 - 15 marta bajariladi. Bu mashqning «Ot» mashqidan farqi shuki, til tanglayga jipslashgach, qo'yib yuborilmaydi. «Arg'imchoq». Til uzun-ingichka qilib chiqariladi, so'ng navbatmanavbat goh burun, goh iyak tomon olib boriladi. Bu ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.21 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1.21 MB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:46 ]
Arxiv ichida: docx