axloqiy tarbiya Reja: Axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari. Bolalar bog'chasida axloqiy tarbiya vositalari. Axloqiy tarbiya berish metodlari. Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari. Axloqiy tarbiyalashning nazariy asoslari. Axloq ijtimoiy tushunchalardan biri bo'lib, uning mohiyati shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning uchun ham axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma'naviy - ruhiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Axloq tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Demak, axloq tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyat- shunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko'lamlarda ishlatib kelingan. Axloq (xulq-atvop demakdir)-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo'lib, ijtimoiy tartib qoida bo'lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti- harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo'lgan ma'naviy moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi. Axloq kishilarning xulq-atvor me'yorlari va qoidalarig'i, ularning o'z-o'ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o'z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning alohida shaklidir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatda avlodlar tomonidan to'plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Zero, axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g'oyalarsiz shaxsning ruhan va jismonan yetukligining asosi bo'lgan ma'naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo, uning ma'naviy jihatdan yetukligi bilan belgilanadi. Bizning nazarimizda, shaxs ma'naviyati uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega o'y fikrlari, niyatlar, g'oyalar, nazariya va ta'limotlar mazmunining amaliy faoliyatidagi tatbiqida namoyon bo'luvchi ruhiy jarayondir. Shuni alohida takidlash joizki, shaxs ma'naviyati asosida ijobiy mazmunga ega bo'lgan, o'y fikrlar, niyatlar, g'oyalar, nazariyaning va ta'limotlar mazmunini tushunib etishishini etiborga olish lozim. Demak, o'zbek xalqining ma'naviyati haqiqatgo'y va adolatli bo'lish, jaholat va qabixlik yo'lini to'sish, insoniylik, mehr-shafqat, ma'rifat, do'stlik, mardlik, birodarlik, mehmondo'stlik, poklik, xush xulqlilik, insof, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. Qadim-qadimdan o'zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy o'rin egallab kelgan. Kaykovusning Qobusnomasidan tortib, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida Yusuf Xos Hojibning Qutadg'u bilik, Ahmad Yugnakiyning Hibatul haqoyiq (Haqiqat sovg'alari), Imom Ismoil al-Buxoriyning Al adab Al-Mufrat kabi jahonga mashhur asarlarida Alisher Navoiying o'lmas sheriyatida, Munis, Xorazmiy kabi shoirlar asarlarida axloq-odob masalalari yoritilgan. Koshifiyning asarlaridagi ta'lim-tarbiya, axloq masalalari ko'pchilik uchun andoza, namuna, odob me'yori sifatida qisqa asosli, lo'nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta'lim-tarbiyasiga bog'liq. Shundagina u odobli hisoblanishi mumkin. Odob -bu qalbni yomon so'zlardan va nojo'ya xulqdan saqlay olish, o'zini va o'zgalarni hurmat qila bilishdir,- deydi olim. Navoiy esa Odobli inson barcha odamlarning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
125.76 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
125.76 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:47 ]
Arxiv ichida: doc