Bog'cha jamoasining bolaga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish imkoniyati Reja: Mehnat faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati Tarbiya metodlari va vositalarining psixologik mazmuni Bog'cha jamoasining bolaga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish imkoniyati Shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhit ham muhim o'rin egallaydi.Bolalar va kattalar muloqoti hamda hamkorligini tadqiq qilgan D.B.Elkonin, M.I.Lisina, shuningdek, V.A.Suxomlinskiy kabi mashhur psixologlar va pedagoglar faoliyati shuni ko'rsatadiki, bolaning shaxs sifatida kamol topishi, axloqiy rivojlanishi, o'quv faoliyatini ijodiy egallashda kattalar bilan bola o'rtasidagi mahsuldor hamkorlik muhim o'rin tutishi isbot qilingan. V.Y.Lyaudis va uning shogirdlari hamkorlikdagi mahsuldor faoliyat tarkibini sharhlashga alohida e'tibor beradilar. Uning maqsadi-o'qishda o'zlashtiriladigan predmetli faoliyatning hamda birgalikdagi harakat aktlarining, munosabatlari va muloqotning o'z-o'zini boshqarish mexanizmlarini qurish hisoblanadi. Hamkorlikdagi faoliyat predmeti o'qish faoliyatining anglangan va umumlashgan usullari va birgalikdagi faoliyatning o'zaro ta'siri va muloqot normalaridir. Yirik psixolog B.F.Lomov umumiy psixologiyada qabul qilingan faoliyatni tahlil qilish sxemasini ko'rib chiqib, ushbu faoliyatni bajaruvchi individning boshqa individlar bilan hamkorligi o'zaro ta'sirini alohida ta'kidlab o'tadi. Muallif psixologiyada o'zaro ta'sir faqat ijobiy hollardagina nazarda tutilishi, lekin uning sxemasi ochib berilmaganligini uqtiradi. Uning fikricha, individual faoliyatni tahlil qilgan tadqiqotchilar faoliyat subyektining boshqa odamlar bilan aloqasini mavhumlashtirganlar. Biroq bu mavhumlashtirish qanchalik muhim bo'lishidan qat'iy nazar o'rganilayotgan hodisalarni bir tomonlama ochish imkoniyati to'g'risidagi fikrlar B.F.Lomov tomonidan asoslab ko'rsatilgan. Yuksak g'oyaviy yo'nalishga ega bo'lgan, umumiy maqsad, harakatlarning bir-biriga mosligi va uyushqoqligi bilan bir butun, nihoyatda hamjihat, sog'lom hamda muayyan maqsadni ko'zlovchi jamoani uyushtirish orqali tarbiyalash - yoshlarga tarbiya berishning asosiy tamoyillaridan biridir. Bunday yoshlar jamoasi tarbiyachining tayanch yordamchisi, tarbiyaviy ta'sirning qudratli qurolidir. Jamoa va yoshlarning bir-biriga bog'liqligi g'oyat darajada cheksizdir. Chunki odam shaxs sifatida tug'ilmaydi, u individ sifatida dunyoga keladi. Odamlar ya'ni ota-onalar, atrofdagi kishilar bilan bo'lgan muloqotda, o'zaro munosabatlarda shaxsga aylanadi. Bu narsa yasli yoshidagi bolalar orasida o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida isbotlangan. Agar katta yoshdagi odamlar bola bilan munosabatda bo'lmasalar, bola bilan gaplashmasalar va o'ynamasalar, u aqliy va hissiy taraqqiyot jihatdan keskin suratda orqada qolib ketadi. Shaxs ong egasi bo'lgan odamdir, ong esa faqat tabiiy hodisalar olaminigina aks ettirib qolmay, balki shaxs insoniyat tajribasi asosida to'plangan narsalar bilan munosabatda bo'ladigan ijtimoiy ong mahsulotlarini ham aks ettiradi. Bola o'yinga adabiy qahramonga taqlid qilishiga intilishi, munozaralarda qatnashishi - bularning hammasi maktab bolasi shaxsini faolligining namoyon bo'lishidir. Bola shaxsini tarkib topishi jamoada amalga oshadi. Bundan bola avvalo o'zi haqida uchinchi shaxs tilidan gapiradi. Masalan: Aqidani o'ynagisi kelyapti. Undan keyin bolani o'z-o'zini anglashining sodda shakli sifatida o'z xarakter xislatlarini anglash yuzaga keladi. Lekin faqat yoshlar jamoasining boshqa a'zolari bilan bo'ladigan munosabatdagina bolaning o'z-o'zini anglashi jamoada o'z rolini ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
437.13 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:50
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
437.13 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:50 ]
Arxiv ichida: doc