Bola huquqlari kafolatlarining xalqaro va milliy huquqiy asoslari

Bola huquqlari kafolatlarining xalqaro va milliy huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bola huquqlari kafolatlarining xalqaro va milliy huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Bola huquqlari kafolatlarining xalqaro va milliy huquqiy asoslari Reja: Sog'lom va bilimli yosh avlod millat ravnaqining poydevori. Bola huquqlarining huquqiy-me'yoriy asoslari. Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya. Bola huquqlari kafolatlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni Sog'lom va bilimli yosh avlod millat ravnaqining poydevori. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, sog'lom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini ta'minlaydigan mustahkam poydevordir. Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yo'naltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar ko'paydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, Bolalarni asraylik xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida O'zbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta g'amxo'rlik ko'rsatayotgan eng ilg'or yetakchi o'n mamlakat qatoridan joy oldi. Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson huquqlariga oid xalqaro huquqning umume'tirof etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy e'tibor qaratildi. Bu borada voyaga yetmaganlarni moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlashni ko'zda tutuvchi muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Sog'liqni saqlash tizimini isloh etish bo'yicha davlat dasturi, Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi hamda 2017-2021 yillarga mo'ljallangan. Harakatlar strategiyasining qabul qilingani ushbu yo'nalishda amalga oshirilgan muhim islohotlar sanaladi. Bola huquqlarining huquqiy-me'yoriy asoslari. O'zbekistonda Bola huquqlari bo'yicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi. Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi Qonun O'zbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy hujjat bo'ldi. Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini ta'minlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora va samarali bo'lishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi. Shuningdek, 2010 yil 30 sentabrda Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi Qonunning amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. YA'ni ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning nazoratsizligini va ular o'rtasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan kompleks huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilab berdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiyiqtisodiy va madaniy jihatdan qo'llab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan o'ta muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Bunday muhim hujjatlar yurtimizda inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish borasida o'ziga xos huquqiy taraqqiyotga erishilganligining ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 73.12 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 73.12 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga