Bolalar nutqining tovush madaniyatini tarbiyalash uslubiyoti Reja: 1. Nutqning tovush madaniyati to'g'risida tushuncha 2. Nutqning tovush madaniyatiga doir ishlarning vazifalari 3. Nutqning tovush madaniyati bo'yicha ishlarni tashkil etish 4. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bo'yicha mashg'ulotlarning tuzilishi 5. Nutqning tovush madaniyati bo'yicha ishlarni rejalashtirish 1. Nutqning tovush madaniyati to'g'risida tushuncha Nutq madaniyati - bu bayon etiladigan fikr mazmuniga mos tarzda til vositalarining barchasidan (tovush, intonatsiya, grammatik shakllar, leksik urg'ulardan) to'g'ri foydalana olishdir. Nutqning tovush madaniyati nutq madaniyatining ajralmas bir qismidir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar nutqning tovush madaniyatini atrofdagi kishilar bilan muloqotda bo'lishlari natijasida egallaydilar. О. I. Solovyova nutqning tovush madaniyati asosiy yo'na- lishlarini belgilab, shunday deydi: 'Tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi: bolalarda so'zlardagi tovushlarni aniq, to'g'ri talaffuz etishni tarbiyalash, ona tili, orfoepiya qoidalari asosida so'zlarni to'g'ri talaffuz etishni, aniq talaffuzini (yaxshi dik- siyani), bola nutqining ifodaliligini tarbiyalash. Biroq nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash bu to- vushlarning to'g'ri talaffuzini shakllantirish ekan, deb tu- shunmaslik kerak. To'g'ri tovush talaffuzini shakllantirish nutqning tovush madaniyati bo'yicha ishlarning bir qismigina (bir bo'lagi) hisoblanadi. Tarbiyachi bolalarda to'g'ri nafas olish va chiqarishni, ona tilidagi hamma tovushlarni to'g'ri talaffuz etishni, so'zlarni aniq talaffuz etishni, ovozdan to'g'ri foy- dalanishni, shoshilmasdan nutqning mazmuniga qarab, ifodali gapirishni tarbiyalaydi. Demak, nutqning tovush madaniyati deb, nutqning fonetik va orfoepik jihatdan to'g'riligi, so'zlashgan vaqtda to'g'ri nafas olish va chiqarish, ravshan gapirish, so'zlarda urg'uni to'g'ri ishlatish, nutqning mazmundorligiga qarab uning ifodaliligi, ovoz kuchi va nutq sur'atini tartibga solish tushuniladi. Bolalarga ona tilini o'rgatish bo'yicha ishlar tizimida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash muhim o'rin egallaydi. Bu jarayonda bola o'zbek tilidagi hamma tovushlarni to'g'ri talaffuz etishga, mashg'ulotlarda. kundalik muomalada yetarli ovoz kuchida javob berishga, shoshilmasdan, ifodali gapirishga o'rganadi, bu ishlar qancha erta boshlansa, shuncha katta muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash nutqning boshqa tomonlarini, ya'ni lug'atini, bog'langan nutqni, nutqning grammatik jihatdan to'g'ri shakllanishini rivojlantiradi. Nutqi yaxshi rivojlangan bola atrofdagilar bilan tez muloqotga kirishib ketadi, o'z fikrini va istagini tushunarli tarzda bayon etadi, o'rtoqlari bilan birgalikda o'ynaydigan o'yinlari haqida darrov kelishib oladi. Aksincha, tushunarsiz nutq o'zaro munosabatni qiyinlashtiradi, bola xarakterida salbiy xususiyatlarning (odamovi, indamas, qo'rqoq va hokazo) vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Bolalar o'zbek tilidagi tovushlarni asta-sekin o'zlashtiradilar. Maktabgacha tarbiya yoshining boshida bolaning nutq apparati shakllanib bo'ladi (kattalarning nutq a'zolaridan biroz farq qiladi), fonematik eshituv qobiliyati yaxshi ishlaydi. Shu bilan bir qatorda, har qaysi yosh davridagi bolalarda nutqning tovush madaniyati sohasida o'z kamchiliklari mavjuddir. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ayrim tovushlarni noto'g'ri talaffuz etadilar, ayniqsa, shovqinli tovushlarning o'rnini almashtiradilar yoki so'zlar tarkibidagi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.19 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
48.19 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:50 ]
Arxiv ichida: docx