Bolalar psixofiziologik rivojlanishidagi keskin davrlar

Bolalar psixofiziologik rivojlanishidagi keskin davrlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalar psixofiziologik rivojlanishidagi keskin davrlar - rasmi

Material tavsifi

Bolalar psixofiziologik rivojlanishidagi keskin davrlar Reja: Bola psixik xususiyatlari Ilk psixofiziologik ontogenez Bolada men tizimi Bola psixik xususiyatlari Bola psixik xususiyatlariniing rivojlanish mexanizmlarini metodologik jihatdan tavsiflash va tushunish uchun ikki asosiy manba: tabiiy (tug'ma biologik, irsiy) va ijtimoiy (oilaviy xususiyatlar, tarbiya, o'qitish va boshqa shaxsni shakllantiruvchi, ijtimoiy munosabatlar) omillarni nazarda tutish lozim. Shaxs shakllanishi ham ontogenezda insonning psixofiziologik rivojlanishi kabi, o'z qonuniyatlariga ega. Shaxsni ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu shaklini aniqlovchi men - tizimi bo'lmish psixologik xususiyatlar to'plami sifatida tushunish, eng avvalo bu tizimning rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishni nazarda tutadi. Bu yerda ong o'zligini anglash, u yoki bu faoliyatning ijtimoiy munosabatlar doirasida qo'zg'atuvchi motivlari yoki ehtiyojlari bu munosabatlar bilan bog'liq emotsiyalar, shuningdek iroda kabi shaxs kategoriyalarini zikr etish joiz. Shaxs yuqori integrativ va butun tizim sifatida uning biror jihati (ratsional, irodaviy yoki emotsional) bilan ajralib tura olmagani sababli, yosh davrlari psixologiyasida shaxs ontogenetik taraqqiyotining markaziy chiziqlari bilan birga uning shakllanishidagi asosiy bosqichlarini ajratib olish zaruriyati paydo bo'ladi. Ham biologik, ham ijtimoiy zot-insonning ikki xil tabiati shaxs shakllanishining psixofiziologik qonuniyatlarini o'rganish muammosini ikki karra qiyinlashtiradi. Shaxs bo'lib tug'ilmaydilar, balki individning ijtimoiy aloqalarining murakkablashuvi jihatidan psixik ontogenez jarayonida shakllanishi va ontogenezning malum bosqichida individning o'z menini jamiyat axloqiy talablariga bo'ysundirishga imkon beradigan o'zligini anglashning vujudga kelishi shaxsning ijtimoiy mavjudot sifatida boshlanishi ekanligini tan olish bilan birgalikda, inson tabiati faqatgina ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida ko'rib, uning biologik aniqlovchilarini hisobga olgan holda izohlash mumkin emas. Shaxs shakllanishida (ham normal, ham anomal) biologik va ijtimoiy omillarning o'zaro bog'liqligi to'g'risida haligacha bahslar davom etsa ham, savolning-biologik yoki ijtimoiy, irsiyat yoki muhit kabi bir-biriga zid qo'yilishi insonning shaxs sifatida xulq-atvori ontogenezda bir-biriga o'zaro ta'sir etuvchi har ikki omilning birligi bilan belgilanishi haqidagi tushunchaga sekin-asta o'z o'rnini berib bormoqda. Bunday metodologik nuqtai nazardan ko'rinib turibdiki, shaxs shakllanishini o'rganishda uning ilk psixofiziologik ontogenezi to'g'risidagi biologik (irsiy) taxminlardan-temperamentning namoyon bo'lishi xarakter xususiyatlarining vujudga kelishi qobiliyat, hissiyotlar, qiziqishlar xulq-atvor motivlarining rivojlanishini tadqiq etishdan boshlab va aniq ijtimoiy tizimlarda insonning yo'nalganligini o'rganish bilan tamomlab kompleks yondashish zarur. Psixologlar tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ontogenezning ilk bosqichlaridan boshlab ikki funksional tizim - ijtimoiy va predmetli aloqa taraqqiyoti namoyon bo'ladi. Ilk yoshlarda barcha xilma-xil psixik hodisalar kabi har ikki funksional tizim ham bolada ko'rish va eshitish to'planganligi deb nomlangan reaksiyaning vujudga kelish vaqtidan bevosita boshlanishga ega. So'ngra ular ona, qarindoshlar yoki tanish buyumlarni tanib olishdagi ijobiy emotsional tusdagi idrok bilan psixomotor jonlanish kompleksi deb nomlanishi keyingi taraqqiyot bosqichidan o'tadi. Ontogenezning ilk bosqichlarida bolaning psixik taraqqiyoti va uning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.16 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:50 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.16 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga