Bolalar psixogigiyenasi predmeti Reja: Psixogigiyenaning asosiy tamoyillari. Psixogigiyena turlari. Psixogigiyenaga qo'yiladigan talablar. Psixogigiyenaga ta'sir etuvchi omillar. Psixogigiyenaning asosiy tamoyillari. Malumki, ishlab chiqarish munosabatlari asosida inson, uning sog'lig'i birinchi navbatda turadi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham maxsus takidlangan. 2005 yilning Sihatsalomatlik yili deb elon qilinishi ham bejiz emas. Inson, uning sog'lig'i, ish qobiliyati va ijodiy imkoniyatlari sog'liqni saqlashning obyektigina bo'lib qolmay, balki asosiy maqsadi hamdir. Sog'liqqa nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash ta'lim va tarbiyaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, butun jamiyatning va har bir shaxsning harakatini talab qiladi. Bunday harakatlarning maqsadi aholi sog'lig'ini doimiy mustahkamlashdir. Jamiyat sog'lom turmush tarzi uchun sharoitlarni yaratishga harakat qiladi; Har bir inson o'z jamoasi a'zolarining sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash ishida ishtirok etishga tayyorligini namoyon qilishi zarur. Sog'liq - asosiy maqsad emas, balki shaxs va jamiyat taraqqiyoti uchun vositadir. Inson sog'lig'i - mashq qilish orqali yaxshilanishi mumkin. Demokratik jamiyatning umumiy vazifalarini hal qilish uchun har bir individ sog'lom, ishga qobiliyatli va quvnoq bo'lishi zarur. Davlat o'z fuqarolarining sog'lig'i uchun, ruhiy va jismoniy o'zini yaxshi his qilishi uchun sharoitlarni yaratadi. Sog'liqni saqlash va mustahkamlashga yo'naltirilgan tibbiy-sanitar ma'rifat dastlabki profilaktika chorasi sifatida psixik jarayonlarga, inson va muhit orasidagi dinamik aloqalarga va insonning ijtimoiy munosabatlariga qaratilishi lozim. Bu yo'nalishda ish olib borib, sog'liqni saqlash va mustahkamlashga imkon beradigan yangicha turmush tarzi uchun kurash zarur. Sog'liq uchun ahamiyatli bo'lgan inson tafakkuri va xulq-atvori, ehtiyojlarni qondirish usullari va odatlar turmush tarzining tarkibiy qismlari sifatida qaralishi mumkin. Sanitar ma'rifat va tashviqot sog'liqni saqlash, mustahkamlash va qayta tiklashda muhim rol o'ynaydi va demokratik jamiyatning muhim vazifasi hisoblanadi. Demokratik jamiyatning bosh insonparvarlik g'oyasi kasallikni davolashdan, odini olgan yaxshi- bo'lib, agar shifokorning etibori kasallikka emas, sog'liqqa yo'naltirilgan bo'lsa, bu g'oya to'liq amalga oshirilishi mumkin. Nima uchun sog'liq inson etiboridan chetda qoldi? Buning bir necha sababi bor. Ulardan birinchisi - sog'liqning bilinmasligi. Kasallikka nisbatan sog'liqni orqada qolishining boshqa sababini bozor iqtisodiyotiga o'tgan jamiyatdan izlash zarur. Bunday jamiyatda shifokor boshqa kasb egalari kabi yashash uchun kurashishga majbur, u ko'ziga tashlangan narsadan, yani kasallikdan moddiy manfaat izlaydi. Bunday qiziqarli holat iqtisodiy sharoitlarning natijasidir. Shifokor o'z mijozlarining sog'lig'i uchun qayg'uradi, degan tasavvur paydo bo'ladi. Lekin shifokorning moddiy qiziqishlarini hisobga olsak, u mijozlarning sog'lig'iga qarshi hisoblanadi. U sog'liq uchun emas, balki uning qarama-qarshisi, kasallik uchun pul topadi. Hozirgi vaqtda bunday holat ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarda, jumladan Vatanimizda ham mavjud. Ko'pchilik shifokorlar o'zlarini tadbirkorlar sifatida tutadilar. Ular xizmatga haq to'lay oladigan bemorlarnigina davolaydilar. Shunday qilib, shifokor ham oyoq kiyim tayyorlovchi yoki avtomobil chiqaruvchidek ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.38 KB
Ko'rishlar soni
32 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.38 KB
Ko'rishlar soni
32 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: doc