Bolalarda diqqatning rivojlanishi

Bolalarda diqqatning rivojlanishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarda diqqatning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Bolalarda diqqatning rivojlanishi Reja: Diqqat haqida tushuncha. Bog'cha yoshi davrida bola diqqatining turlari va xususiyatlari O'yin va o'quv faoliyatida bola diqqatini boshqarish uslublari. Diqqat haqida tushuncha Diqqat inson faoliyatini barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularning samaradorligini ta'minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas'uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo'yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo'ladi. Psixologiya fanida diqqatga har xil ta'rif beriladi, uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to'plab, muayyan bir obyektga aktiv (faol) qaratilishiga aytiladi. P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o'zimiz qilgan ishimiz, o'y va fikrlarimiz diqqatning obyekti bo'la oladi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta'sir etadi. Bolalarda diqqat juda erta rivojlana boshlaydi. Bir-ikki haftalik chaqaloqlarda diqqatning xech qanday alomati ko'pinmasa ham, oradan sal o'tmay, ya'ni bolaning bir oylik davridan boshlab, ixtiyoriy diqqat alomatlari yaqqol ko'pina boshlaydi. Demak, bolaning bir oylik davrida uning diqqatini hap turli kuchli qo'zg'atuvchilar (qattiq tovush, ortiqcha yorug'lik kabi) beixtiyor ravishda o'ziga jalb qila boshlaydi. Ikki - uch oylik bolalar esa, shaqir-shuqurga quloq soladigan (shaqildoklarning tovushiga ovunadigan) bo'la boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqatlarini yorqin (yaltiroq) rangli narsalar ham beixtiyor jalb qila boshlaydi. Bolaning ko'z o'ngidagi narsa qanchalik rang-barang bo'lsa, bola unga shunchalik ko'p e'tibor beradi. Bog'chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning diqqati nihoyatda beqaror bo'lishi bilan xarakterlanadi. Masalan, bolaga yangi o'yinchoq bersangiz u o'yinchoqni juda qizikib ko'pa boshlaydi, Lekin ayni shu paytda yana bir boshqa o'yinchoqni ko'rsatsangiz, birinchi o'yinchoqni tashlab, ikkinchisiga talpinadi. Yasli yoshidagi bolalar diqqatining beqarorligi fiziologiya nuqtai nazaridan ularda hali tormozlanish protsesslarining kuchsizligi bilan bog'liqdir. Tormozlanish jarayoni qo'zg'alish jarayonining keng yoyilib ketishini to'xtata olmaydi. Ana shuning uchun kichik bolalarning diqqati bir narsadan ikkinchi narsaga osongina chalg'ib ketaveradi. Ilk bolalik davridagi bolalar diqqatining g'oyat beqaror bo'lishi turmush tajribalarining juda ozligi bilan ham bog'liqdir. Bolalarga hamma narsa yangilik bo'lib tuyulaverganidan ularning diqqatlari bir yoshdagi bolalarda diqqatning ayrim xususiyatlari, ya'ni diqqatning kuchi va barqarorligi ham tarkib topib, yuksala boshlaydi. Buni biz bolalarning (xususan o'pta va katta guruh bolalarining) bir ish ustida uzoq vaqt davomida) o'tira olishlaridan, ba'zi o'yinlarni zerikmay soatlab o'ynay ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.97 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 34.97 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga