Bolalarda nutq va xayolning rivojlanishi

Bolalarda nutq va xayolning rivojlanishi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarda nutq va xayolning rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

Bolalarda nutq va xayolning rivojlanishi (Amaliy mashg'ulot) Reja: Bola nutqining xususiyatlari. Bolalar nutqini shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar. Maktabgacha yoshdagi bolada xayolning rivojlanishi. Bolalarda xayol turlarining ko'rinishi. Xayolning taraqqiyotida o'yin va tasviriy faoliyatning ahamiyati. Hikoya va ertaklarning xayol taraqqiyotiga ta'siri. Bola nutqining xususiyatlari. Bog'cha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog'liqdir. Bola jumlaning mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yonaltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar nutqiga malum bir talablami qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bog'cha yoshidagi bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish funksiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bog'cha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at boyligining o'sishida 2 muhim tomon - miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma'lumotlariga ko'ra 3 yoshga kelib, bola lug'atida 1200 ta so'z mavjud bo'ladi, 6 yoshli bolaning faol lug'ati esa 300-3500 so'zni o'z ichiga oladi. Vaholanki, 4060 yil oldin o'tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug'ati 400-600 so'zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug'ati esa 2500-300 so'zdan iborat deb ko'rsatilgan edi. Maktabgacha davrdagi bolalarda xayol. Xayolning rivojlanishi uchun bolaga turmush tajribasi, tasavvurlar zahirasi hamda juda ko'p bilimlar kerak bo'ladi. Tajriba esa bolaning tashqi olamdagi narsa va hodisalarni o'zi ko'rsatishi, voqelik hamda turli sohalarga doir tasavvur hosil qilishi, katta odamlar bilan keng munosabatda bo'lishi natijasida ortib boradi. Shunday qilib xayol maktabgacha yoshdagi bolalarning taraqqiy etishlarida katta o'rinni egallaydi. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi davrda bolaning xayoli etarli o'sgan bo'lishi kerak, chunki maktabdagi o'qish birinchi kundan boshlab bolalardan xayol qilish qobiliyatining xususan tiklovchi xayol yaxshi o'sgan bo'lishini talab qiladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsi va shaxslararo munosabatlarini o'rganish Bog'cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko'ra, bu davrni 3 bosqichga ajratish mumkin: birinchi davr - 3- 4 yosh oralig'ida bo'lib, emotsional jihatdan o'z-o'zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog'likdir; ikkinchi davr - 4-5 yoshni tashkil qilib, axloqiy o'z-o'zini boshqarish shakllanadi; -uchinchi davr esa, shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatlarining shakllanishi bilan tavsiflanadi. Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qatiylasha boradi. Axloqiy tushunchalar manban sifatida ularning ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanayotgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 76.32 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 76.32 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga