Bolalarda oilaviy munosabatlar idrokini o'rganishda proyektiv metodikalardan foydalanish Reja: proyektiv metodikalar haqida tushuncha. Bolalarda oilaviy munosabatlar idrokini o'rganishda proyektiv metodikalardan foydalanish. proyektiv metodikalarning o'ziga xos xususiyatlari: Turli-tuman javoblarga yo'l beruvchi topshiriqlarning taqdim etilishi. Stimul qo'zg'atuvchining ko'p manoli ekanligi. Shaxsni baholashga global yondashuv, yani uning yashirin, to'liq anglanmaydigan, yopiq tomonlarini aniqlash imkoniyati. Sinaluvchi javoblarini to'g'ri va noto'g'ri tarzida baholash mumkin emasligi. proyektiv metodikalarning kamchilik va afzalliklari. Kamchiliklari: Natijalarni tavsiflashdagi subyektivlik; Psixometrik talablarga to'liq javob bermasligi, yani ularning etarlicha obyektiv emasligi; Retest ishonchlilik koeffitsentining yuqori darajada emasligi, validizatsiya qilishning murakkabligi; Natijalarni tavsiflashda psixologik tayyorgarlik, psixologik bilimlarga ega bo'lish va metodikani qo'llash bo'yicha tajriba talab qilinishi. Afzalliklari: Informativligi yuqori; Shaxsni global baholash imkoniyati; Maqsadning noaniqligi (sinaluvchi diagnostik ko'rsatkichlarni tavsiflay olmasligi va ularni o'z xususiyatlari bilan bog'lay olmasligi;. Turli yoshdagi sinaluvchilar bilan ishlashdagi samaraliligi va ularda topshiriqni bajarishga qiziqish uyg'otishi. German Rorshax (1884-1984) - shvetsariyalik psixiatr. U 1921 yilda «Psixodiagnostika: idrokka asoslangan diagnostik test» nomli asarini chop ettirdi. proyektiv metodikalar tasnifi: strukturalashtirish tavsifiy ekspressiv Bolalarda oilaviy munosabatlar idrokini o'rganishda turli proyektiv metodikalardan foydalanish mumkin. Shulardan bir, Oila rasmi proyektiv metodikasi Oiladagi shaxslararo munosabatlarni o'rganish maqsadida Oila rasmi metodikasini ko'pgina tadqiqotchilar, jumladan, V. Xyuls, A. I. zaharov, N. Korman, R. Berns, S. Kaufman va boshqalar amaliy faoliyatlarida qo'llaganlar. Ushbu metodika orqali quyidagilarni o'rganish mumkin: Oiladagi munosabatlarning o'ziga xosligini va oiladagi emotsional muhit. Masalan, agar oila a'zolari quvnoq, bir-birlarini qo'llarini ushlagan holda, birgalikda biron bir yumush bilan band holda tasvirlansa, bu ushbu oilada hamjihatlik, ijobiy emotsional muhit mavjudlidan darak beradi. Aksincha holat, oila a'zolari yomon kayfiyatda bir-birlaridan uzoq masofada va teskari turgan tarzda ifodalansa, bu oiladagi salbiy emotsional muhitni, tarqoqlikni anglatadi. Bolaning rasmni chizish jarayonidagi holati. Rasmda shtirxlarning ko'pligi, kichik o'lchamlar ko'pincha zo'riqish, charchoqni umuman bolaning jismoniy holatining yaxshi emasligidan dallat beradi. Aksincha, tasvir uchun berilgan qog'ozdan to'liq foydalanish, katta o'lchamdagi rasmlar, bolaning kayfiyati yaxshiligidan,havotir va charchoqning yo'qligidan dalolat beradi. Rasm chizish mahorati, bolaning yosh davriga xos rasm chiza olish darajasi. Bunda tasvirdagi ortiqcha chiziqlar yoki aksincha obrazlarning aniq, yorqin ifodalanishiga va hoka'zolarga etibor qaratiladi. Metodikani o'tkazishdan maqsad: oilaviy munosabatlar xususiyatlarini o'rganish. Rene Jilning Bolaning shaxslararo munosabatlarini o'rganish metodikasi. Ushbu proyektiv metodika orqali bolaning shaxslararo munosabatlar hamda uning oilaviy munosabatlarni idrok qilish sohasini tadqiq qilish mumkin. Rene Jil proyektiv metodikasining maqsadi bolaning ijtimoiy moslashuvchanligini, shuningdek uning atrofdagi kishilar bilan bo'ladigan o'zaro munosabatlarini o'rganishdan iborat. Metodika vizual-verbal xarakterda bo'lib, 42 ta rasm, ulardan 25 tasida bola yoki bola bilan kattalar tasvirlangan topshiriqdan hamda matn shaklida berilgan vazifalardan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
348.9 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
348.9 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: docx