Bolalarda sezgi va idrokning rivojlanishi (Amaliy mashg'ulot) Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi a'zolarining rivojlanishi xususiyatlari. Ko'rish, eshitish, hid, tam, teri sezgilari takomollashuvining bola psixik taraqqiyotiga ta'siri. Sensor tarbiyaning bolalar idrok taraqqiyotiga ta'siri. Bolalarning vaqt, fazo va harakatni idrok qilishlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarda sezgi a'zolarining rivojlanishi xususiyatlari. Sezgi o'z mohiyati jihatidan birmuncha sodda psixik jarayon (aks ettirish jarayoni) bo'lishga qaramay, barcha bilimlarimizning asosiy manbaidir. Narsa va hodisalarning ayrim belgilarini, xususiyatlarini aks ettirishdan iborat bo'lgan sezish protsessining fiziologik mohiyati mashhur fiziolog I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning analizatorlar haqidagi ta'limotlarida atroflicha ochib berilgan. Akademik I.P.Pavlov organizmning hissiy aks ettirish apparatlarini analizatorlar deb ataydi. Mana shuning uchun har bir sezgi organi analizatorlarning barcha qismlarini o'z ichiga oladi. Malumki, akademik I.P.Pavlov ta'limotiga ko'ra, har bir analizator asosan uch qismdan iborat: Tashqi ta'sirlarni qabul qilib oluvchi periferik qism (buni odatda retseptor deb yurgiziladi); Taassurotni markazga olib boruvchi (afferent) va markazdan tegishli javob reaksiyasini olib qaytuvchi(efferent) nerv tolalari; Analizatorlarning opqa yoki bosh miyadagi markaziy qismi. Sezgi mana shu qismlarning yaxshi va ravon ishlashiga bog'liqdir. Analizatorlarning bironta qismi ishdan chiqsa, sezish bo'lmaydi. Demak, sezishning fiziologik asosida analizatorlar ishidan iborat bo'lgan organizmning reflektor faoliyati yotadi. Analizatorlarning asosiy vazifasi organizmga ta'sir etayotgan turli ko'zgovchilarni ayrim bo'laklarga ajratishdan, yani analiz qilishdan iboratdir. Shuning uchun ham sezgi organlari analizatorlar deb ataladi. Sezgi va idrokning rivojlanishi boshqa, tobora qiyinroq bo'lgan bilish jarayonlarining (xotira, xayol, tafakkur) paydo bo'lishi uchun zamin yaratadi. Rivojlantirilgan sensorika zamonaviy odamning amaliy faoliyati takomillashuvining asosidir. Rus psixologlarining nuqtai nazarlari bo'yicha sensor rivojlanish yangi, bolada ilgari bo'lmagan sensor jarayonlarni shakllantirishdir. Albatta, analizatorlarning takomillashuvi (eshitish, ko'pish, teri tuyush, hid bilish va sezgi va idrok rivojlanishining zarur shartlaridan va uning rolini rad etish mumkin emas. Lekin bu faqat sensor rivojlanishning organik imkoniyati, sharti bo'lmay, biroq bularning barchasi sezgi tajribasini egallamay turib sodir bo'lmaydi. Tafakkur, nutq sensor tajriba ortishi natijasidir.Sensor etalon bo'lib musiqiy tovushlar (do, re, mi), ona tilining tovushlar sistemasi, geometrik figura, ranglar va b. xizmat qiladi.Sensor namunalarni o'lchov tizimi tarzida egallash idrokni sifat jihatidan o'zgartiradi. Bola sezgisining asosiy turlari va uning rivojlanishi va idroki. Bola taraqqiyotining dastlabki birinchi yilida idrok rivojlanishi yo'li ancha murakkabdir. Bu davr mobaynida juda ko'p o'zgarishlar ro'y beradi, birinchi o'pinda bu o'zgarishlar sezgirlik sohasida sodir bo'ladigan rivojlanishga taalluqlidir. Butun bog'cha yosh davri mobaynida ko'z sezgirligining o'tkirligi ortadi. Shuningdek, ko'z o'tkirligi darajasi faoliyat sharoitiga bog'liqligi ham aniqlangan - o'yin vaziyatida tadqiqot o'tkazilganda o'zning o'tkirligi sezilarli tarzda ortadi. Bog'cha yosh davrida ranglarni farqlashda ham ancha o'sish kuzatiladi: aniq va tiniqligi ortadi. Z.M.Istominaning ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
116.27 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
116.27 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: docx