Bolalarda tug'ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi

Bolalarda tug'ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarda tug'ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi - rasmi

Material tavsifi

Bolalarda tug'ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash davlat dasturi Reja: 2018-2022 yillar davrida bolalarda tug'ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi. Maktabgacha ta'lim pedagoglari uchun ish yuklamasi va mehnatga haq to'lash miqdori 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-2707-sonli Qaror. Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o'z hayoti davomida oladigan barcha ma'lumotning etmish foizini besh yoshgacha bo'lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o'z ona tilini o'zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg'onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o'ynasa, maktabgacha ta'lim muassasasining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining ajralmas bo'lagiga, tabir joiz bo'lsa, uning debochasiga aylangan. Shu manoda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 dekabr kuni matbuotda elon qilingan 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko'tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz. Albatta, mazkur masalaga etibor kecha yoki bugun paydo bo'lib qolgani yo'q. Ortga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'tgan 25 yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ta'limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi bir davlatda mavjud bo'lmagan uzluksiz ta'lim tizimi shakllantirildi. Yani, yosh avlodning maktabgacha ta'lim muassasalaridan to oliy ta'limgacha bo'lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o'rganishi uchun shartsharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi. Bu borada, ayniqsa, maktabgacha ta'lim muassasalari tizimini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari ta'lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraldi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan etibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo'lmay ulg'ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo'lib voyaga etishlarini ta'minlashdek ezgu maqsad mujassam. Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan dasturda keng ko'lamli strategik maqsadlar, muhim vazifalar belgilangani bilan ahamiyatlidir. Xususan, hujjatda bugungi kundagi hayotiy talab va ehtiyojlar, sohada yechimini kutayotgan masalalar hamda hali ishga solinmagan imkoniyatlar hisobga olinganligi barchamizni quvontiradi. Ayniqsa, kelgusi besh yillikda 2200 ta maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o'quv-metodik qo'llanmalar, multimedia resurslari bilan ta'minlash hamda ushbu maqsadlar uchun jami 2,2 ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.31 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.31 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga