Bolalarda xotiraning rivojlanishi (Amaliy mashg'ulot) Reja: Maktabgacha yoshdagi bola xotirasining xususiyatlari. Maktabgacha yoshdagi bolaning obraz va so'z-mantiq xotirasini rivojlanishi. Xotirani rivojlantiruvchi mashq va o'yinlar o'tkazish. Amaliyotda maktabgacha yoshdagi bolalarning eshitib va ko'rib esda olib qolish xotirasini tekshirish bo'yicha tajriba o'tkazish. Xotirani rivojlantiruvchi mashq va o'yinlar tuzish. Maktabgacha yoshdagi bola xotirasining xususiyatlari Idrok qilingan narsa va hodisalarni, kechirilish tuyg'u, o'ylagan fikr, qilingan harakatlarni esda qoldirish, esda saqlash va keyin esga tushirishdan iborat bo'lgan psixik jarayondir. Xotira jarayoni oliy nerv faoliyati bilan bog'liq. Nerv sistemalari juda egiluvchan va taassurotlarga beriluvchandir. Shuning uchun bolalarda vaqtli bog'lanishlar hosil bo'ladi. Odamning butun aqliy tarakqiyoti asosan xotiraning taraqqiyotidan iborat ekan, xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab rivojlana boshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlarni va narsalarni tanishida ko'rina boshlaydi. Buni biz bola o'ziga tanish bo'lgan narsani kurganida qiladigan harakatlaridan ko'rishimiz mumkin. Masalan, bola o'ziga yaqin odamni kurganida unga talpinadi yoki notanish odamdan yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining borligi, idrok kilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish imkonini beradi. Yoshiga to'lgach, bolada xotiraning murakkab turlari, yani eslash vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok Qilgan narsa va hodisalarni eslay oladigan bo'ladilar. Bunda bolalardagi tasavvurlarning roli nihoyatda kattadir. Tasavvurlari tufayli bolalar o'tgan narsalarni bemolol eslay oladilar, masalan, bolaga ko'z o'ngida bo'lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko'zlari bilan chor atrofga qarab shu narsani izlay boshlaydi. Bola xotirasining rivojlanishida nutqning o'sishi juda katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalarni faqat bevosita ko'rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalarning nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo'ladi. Bundan tashqari kattalardan so'rab bilib olish, eshitish orqali xam o'z xotiralarini boyitadilar. Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha jarayonlari ko'rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastavval mexanik ravishda, yani manosiga tushunmasdan esda olib qolaveradilar. Buning o'zigi xos jihati bor, albatta. Birinchidan, yuqorida aytib o'tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo'ladi, ular ko'p narsalarni hali mutlako bilmaydilar, lekin hayotda to'qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar nerv sistemaning plastikligi, yani juda egiluvchanligi kattalarnikidan ham yctynpoq bo'ladi. Ana shu sababli bolalarga mexanik esda olib qolish xech qanday qiyinchilik tugdirmaydi. Bolalarda manosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk bolalik davridagi bolalar o'zlari yoqtirgan hikoyalarni manosiga tula tushungan holda eslarida olib qoladilar. Bu hikoyalardagi ayrim qaxramonlarni sevadilar, bazilarini esa yomon ko'radilar. Umuman, hikoyalarning mazmuni bolalarga ta'sir qilib, ularda malum tuyg'u-hissiyotlarni uyg'otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi. Ilk bolalik davridagi bolalarda dastlab ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
111.17 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
111.17 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: docx