Bolalarni bog'lanishli nutqqa o'rgatish uslubiyoti Reja: 1- §. Bog'lanishli nutq va uni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda rivojlantirish xususiyatlari 2- §. Bolalar bilan so'zlashish - dialog nutqni shakllantirishning asosiy uslubi 3- §. Maxsus mashg'ulotlarda dialogik nutqqa o'rgatish usluhiyotlari va usullari 1- §. Bog'lanishli nutq va uni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda rivojlantirish xususiyatlari Har bir bola bog'chada o'z fikrini mazmunli, grammatik jihatdan to'g'ri, bir-biriga mantiqan bog'langan liolda bayon etishga o'rganishi kerak. Bog'langan nutqda bolaning mantiqiy tafak- kuri, idrok qilganlari yuzasidan fikrlay olishi va mantiqiy nutqda uni to'g'ri, aniq bayon etishi aks etadi. Bolaning o'z fikrini bayon etishiga qarab, nutqining rivojlanganlik darajasini belgilash mumkin. O'z fikrini aniq, ifodali, izchillik bilan bog'lab bayon eta olishi bolaning estetik rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bog'lanishli nutq deganda, ma'lum bir mazmundagi fikrni mantiqan bir-biriga bog'lab, izchi! ravishda, grammatik jihatdan to'g'ri va obrazli qilib bayon qilish tushuniladi. Bolalarda bog'lanishli nutqning rivojlanishi ona tiliga o'rga- tishning quyidagi vazifalarini ham hal qiladi: lug'at ishini (keng so'zlar to'plami va undan foydalana olish, fikrni aniq va to'liq ifoda etishga yordam beradi); nutqni grammatik jihatdan to'g'ri shakilantirishni (o'z fikrini sodda va yoyiq, ergashgan va bog'langan qo'shma gaplar- dan, son, sifat, kelishik qo'shimchalaridan to'g'ri foydalanib bayon etish); nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashni (nutqning aniq, ma'noli, burro bo'lishi). Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo'lib, ularning har qaysisi o'z xususiyatiga ega. Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir necha kishining suhbat i, savollar va uning javoblari) bu to'liq bo'lmagan (qisqa) javobdir. Dialogik nutqning asosiy belgilari-to'liq bo'lmagan, undov so'zlardan iborat, aniq intonatsion manodorlik (ifodalash), imo-ishora va boshqalardir. Dialogik nutqda savol tuza olish va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni berish, kerakli e'tirozni bildirish, suhbat- doshining javobini tuzatish va to'ldirish, muhokama va munozara qilish, o'z fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir. Monologik nutq bir kishining nutqi bo'lib, so'zlovchidan keng, aniq, to'liq, bog'langan fikmi talab etadi. Monolog hikoya tushuntirish, so'zlovchidan o'z fikrini asosiy narsaga qaratishni, jonli, obrazli, his-hayajon bilan gapirishni talab etadi. V. 1. Tixeyeva, A. Sh. Usova, A. M. Muxina, L. A. Penevskaya, М. M. Konina, О. I. Solovyova va boshqalarning bog'lanishli nutq sohasida olib borgan ilmiy tadqiqot ishlarida bolalarda bog'lanishli nutqni rivojlantirishda tarbiyachining rahbarlik roliga katta ahamiyat beradilar. Ular: 'Agarda bog'lanishli nutqqa qaratilgan mashg'ulotlar uzluksiz (sistemali) tarzda olib borilsa, unga tarbiyachi ongli ravishda rahbarlik qilsa, bolalarda o'z fikrlarini bir-biriga bog'lab gapirish malakasi rivojlanadi, degan fikmi bayon etadilar. Kichik yoshdagi bolalarda nutqni tushunish takomillashadi (so'zli topshiriqlarni, kattalarning ko'rsatmalarini, murakkab bo'lmagan adabiy asar mazmunini tushunadilar). Endi nutq aloqa vositasigina ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.67 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
36.67 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: docx