Bolalarni fasllari bilan tanishtirish

Bolalarni fasllari bilan tanishtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni fasllari bilan tanishtirish - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni fasllari bilan tanishtirish Reja: 1. Bahor fasliga tavsifnoma 2. Yoz fasliga tavsifnoma Bahor fasliga tavsifnoma Bahor mavsumi kalendar hisobi bo'yicha birinchi martdan boshlanadi. Lekin bahoming kelishi har yilda turlicha bo'ladi. Yurtimizda bahor erta, odatda fevral oyidayoq boshlanadi. Biroq mart oyining oxirgi o'n kunligida ko'pincha qor yog'ib, ertasigayoq erib ketadi. Bahor kunlarining boshlanishi bilan daraxt kurtaklari bo'rtadi, mevali daraxtlar gullay boshlaydi. Shundan keyin bo'lgan qattiq sovuqiar esa kurtak va gullarni urib ketadi. Natijada o'rik, shaftoli va boshqa mevali daraxtlar hosil bermaydi. Obhavodagi o'zgarishlar. Mart oyida qattiq yog'ingarchilik bo'ladi. Harorat +25+29 darajagacha ko'tariladi. Lekin sovuqiar ham bo'lib turadi. Martning oxirlarida ba'zan momaqaldiroq bo'ladi. Aprel oyida harorat ko'tariladi. Oyning boshida kunning o'rtacha harorati +12+13, ba'zan +18+19 darajaga ko'tariladi. 1955 yili kunduzgi harorat hatto +35 darajaga ham yetgan edi. Aprel oyining ikkinchi yarmi haroratning ko'tarilishi, ayrim hollarda esa haroratning birmuncha pasayishi bilan xarakterlanadi. Aprel oyida yog'ingarchilik ko'p bo'ladi. Ba'zi yillarda sovuq tushib qolishi hollari ham bo'ladi, ayrim hollarda qor ham yog'adi. Bahorda yoqqan kattakatta qorni xalqimiz «laylak qor» deydi, chunki shu qor bilan laylak ham keladi. May oyida esa issiq kunlar boshlanadi, kunlik o'rtacha harorat + 10+25 daraja atrofida bo'ladi. Biroq, oyning boshlarida obhavo beqaror bo'lib, teztez o'zgarib turadi. Ba'zan g'o'za va boshqa o'simliklarga zarar keltiruvchi do'l yog'adi, momaqaldiroq bo'lib turadi. O'simliklar hayotidagi o'zgarishlar. Mart oyida dalalar «ko'klam libosini kiyadi». Boychechak, chuchmoma, sovrinjon, gunafshalar ochila boshlaydi. Yovvoyi ildizli o'simliklar, lolalarning ko'pgina turlari, giatsintlar, har turli narsislar barg chiqara boshlaydi. Toshkentning tepalik va yon bag'irlari ertangi gulsapsar, lola, nilufar singari gullar bilan qoplanadi. Bu gullar ko'p yil yashasa ham, yog'ingarchilikdan keyingina gullaydi. Yozda ularning tanalari quriydi, yer ostida esa ildizlari saqlanib qoladi. Ochiq va baland joylarda oq qaldirmoq, boychechak, itgunafsha, qoqio't, kapalakgul, gunafsha, bo'tako'z singari bir yillik o'simliklar ham gullaydi. Daraxtlar shira chiqara boshlaydi. Qor erishi bilan daraxt ildizlari yerdagi namlikni o'ziga tortadi. O'simlik to'qimalari suvga to'ladi, suv olish bilan birga ozuqa moddasi bo'lgan uglevodni ham oladi. Uglevod barg to'qimalari orqali ildizga borib, kunlar isiy boshlashi bilan ildizdan kurtakka qarab yo'naladi. kurtak bo'rtadi va ochiladi. Ozuqaning shunday harakati orqali o'simlik «uyg'onadi». Suvning ildizdan daraxtga ta'siri shoxshabba orqali bo'ladi, yozda suv shoxlar orqali ildizga boradi va parlanadi. Mart oyida qo'ziqorinlar paydo bo'ladi. Ular O'zbekiston sharoitida uch haftagina o'sadilar, biroq seryomg'ir bahorda qo'ziqorinlar aprelmay oylarida ham o'sishni davom ettiradi. Mart oyida ko'lmak suvlarda lempa, elodeya, qo'ytikan, perolistnik va boshqa suv o'simliklari o'sadi. Aprel oyida deyarli barcha daraxtlar barg chiqaradi. Eman va shumtol singari daraxtlar hamma daraxtlardan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.75 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 41.75 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga