Bolalarni hikoya qilishga (monolog nutqga) o'rgatish

Bolalarni hikoya qilishga (monolog nutqga) o'rgatish

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni hikoya qilishga (monolog nutqga) o'rgatish - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni hikoya qilishga (monolog nutqqa) o'rgatish Reja: 1. Bolalarni monolog nutqqa o'rgatish bo'yicha ish mazmuni va vazifalari 2. Bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan usullar 3. Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish 4. Bolalarni rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatish 5. O'yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o'rgatish 6. Bolalarni o'z tajrihalaridan (xotiradan) hikoya qilib bcrishga o'rgatish 7. Ijodiy hikoya qilish 1. Bolalarni monolog nutqqa o'rgatish bo'yicha ish mazmuni va vazifalari Monolog nutq dialog nutqqa nisbatan ancha murakkab bo'lib. bu bitta odam tomonidan amalga oshiriladigan nutqdir. Monolog nutqda bitta kishi gapiradi, qolganlar esa tinglaydilar. Monolog nutq ko'pchilikka qarata aytiladigan nutq bo'lgani uchun, u har doim mantiqiy jihatdan izchil, grammatik jihatdan shakllangan, hammaga tushunarli va ravon bo'lishi kerak. Monolog nutq yaxshi xotirani, nutqning shakl va mazmuniga diqqatni yo'naltirishni talab etadi. Shuning bilan bir vaqtda, monolog nutq tafakkurga tayanadi. Monolog nutq lingvistik (tilshunoslik) tomondan ham murakkab hisoblanadi. Monolog nutq tinglovchilarga tushunarli bo'lishi uchun yoyiq gaplardan, aniq lug'atdan foydalanish kerak. Hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo'lish jarayonida katta rol o'ynaydi. Bola uchun esa bu qobiliyat bilish vositasi, o'z bilimlarini, tasawurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi. Bolalarda monolog nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, bola nutqi monolog nutqqa aylanishi uchun u tilning lug'atini va grammatik tomonini erkin egallagan bo'lishi kerak. Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda monolog nutq besh yoshdan boshlab paydo bo'ladi. Ruhshunos D. B. Elkanin bu haqda slumday yozadi: 'Bola hayot tarzining o'zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli - monolog tarzida xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo bo'ladi, bolalarni hikoya qilishga o'rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam be- radi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi. nutq grammatik jihatdan shakllangan bo'lib, o'zini tutish, jamoa oldida so'zga chiqish malakasi hosil bo'ladi. Shu munosabat bilan bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Bu guruh bolalarini tanish hikoya va ertaklarni (tarbiyachining savollari va kitobdagi rasmlar yordamida, keyinchalik mustaqii) so'zlab berishga o'rgatiladi, o'yinchoq, buyum va rasm mazmuni bo'yicha hikoyani (3-4 gapdan iborat) takrorlash ko'nikmasi tarbiyalanadi, tanish ertaklardan olingan parchalarni salma- lashtirishda qatnashishga o'rgatiladi. O'rta guruhlarda hikoya qilishga o'rgatish vazifalari va ularning mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqii holda qayta hikoya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.15 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 47.15 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga