Bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligi

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligi - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorgarligi Reja: Umumiy tayyorgarlik, psixologik tayyorgarlik. Bolani maktabda o'qishiga axloqiy-irodaviy tayyorgarlik. Bolani maktabda o'qishiga aqliy tayyorgarlik. Bola maktabda o'qishiga jismoniy tayyorgarligi. Bolalarni maktab ta'limiga rivojlanganlik darajasi ko'rsatkichlari. Jismoniy rivojlanganlik darajasi; nutq va tafakkuri rivojlanganlik darajasi. ma'naviy madaniy yetuklik. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomga mavofik bola maktabgacha ta'limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta'lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat kursatadigan maktabgacha ta'lim muassasalarida, shuningdek MTMlariga jalb kilinmagan bolalar uchun MTMlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftada 2-3 marta shugullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta'lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7 yoshli bolaning maktab ta'limiga tayyorligini aniklashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shugullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun kuprik vazifasini utashini, oila yoki MTMdagi ta'lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta'limiga ozorsiz o'tkazishni ta'minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta'limiga utishi hamisha uning hayoti, axloqi, kixikishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o'zgarishlarni yuzaga chikaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayok maktab ta'limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo'lmagan bilim, tushuncha, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo'ladi. Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko'ra «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi: jismoniy, shaxsiy (ruhiy), aqliy maxsus tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog'lomligi, harakat ko'nikmalari va sifati, kul mushaklari va ko'rish-motor muvofikligi rivojlanganligi bilan izoxlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi. aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantikiy fikrlashi, tasavvurning, odamiylikning, bilimga kizikishning, mustaqilligining, o'zini-o'zi nazorat qilishga, hamda o'quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o'z ichiga oladi. Bolaning maktabda ta'lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni kanchalik rivojlanganligiga kuprok bog'liq bo'ladi. Chunki butun o'quv faoliyati shularga, yani nutqiy mantikiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuklarida erkin foydalana olishi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o'z tasavvurini izoxlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga kuriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta'lim olishi uchun amaliy intellekt rivoji yani, uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi xam muhim sanaladi. Va nixoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o'rgatish va uning maktabning 1 sinf o'quv dastur materialini etarli darajada egallash haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi. Bolalarni maktabda uktishning samaradorligini ko'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog'liq bo'ladi. Maktabda o'qishga tayyorgarlik - MTMsi va oilada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga kuyadigan talablar orqali aniklanadi. Bu talabalarning o'ziga xos tomoni o'quvchining yangi sotsial psixologik o'rni, u bajarishga tayyorlangan bo'lishi lozim. Yangi vazifa va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.14 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga