Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash shakllari va metodlari Tayanch tushunchalar: musiqiy-badiiy tarbiya, jismoniy tarbiya, psixologik xususiyatlar, etnopsixologik xususiyatlar. O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim konsepsiyasida ham belgilangan bosh maqsad va vazifalar maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun yozilgan yangi dasturlar mazmunini amalga oshirishga qadar aniqlana boradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotidagi bolaning o'sishidagi psixologik va etnopsixologik xususiyatlarga asosilanib, ta'lim-tarbiya tizimida odob estetik, musiqiy-badiiy, jismoniy tarbiyani birinchi uringa chiqarish, gramatikani bu qadar majburiy o'rgatmaslik lozim bo'ladi. Shunday yo'l bilan maqsad asosida vazifa va usullar belgilanadi va rivojlantiriladi. Xulosa qilib shuni ta'kidlash zarurki, davlatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng barcha sohalarda tub islohotlarni olib bordi. Xususan, ta'lim sohasida tub islohotlar amalga oshirildi. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi va ta'lim sohasidagi boshqa qonunlar buning yakqol dalilidir. Bulardan kuzlangan maqsad yoki davlatimizga kerakli bo'lgan yetuk, har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni tarbiyalash va ularni jamiyatda o'z o'rnini topishga imkoniyatlar yaratib berishdan iborat qilib qo'yilgan. Albatta, bu xayrli ishlarni ta'lim-tarbiyani birinchi bugini bo'lgan oila, maktabgacha ta'lim tashkilotidan olib borish maqsadga muvofiqdir, deb ko'rsatib o'tilgan. Shunday ekan, biz birinchi navbatda maktabgacha ta'lim tizimiga e'tibor berishimiz, ularni yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyalanayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning ruhiyat, shaxsiy qobiliyatlari, intilish va ehtiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqillik g'oyalariga sodiq holda voyaga etib borishni ta'minlash, ularni maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Ilk qdam» davlat o'quv dasturi asosida amalga oshiriladi. Har bir oila barkamol avlodni tarbiyalash uchun qayg'urishi lozim. Shu bois «Ta'lim to'g'risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamalkatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlashning asosiy omili bo'lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berildi. sog'lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo'nalishidir. Inson, uning har tomonlama uygun kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o'zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual me'rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va tehnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta'lim to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishni. har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta uzlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.11 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.11 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: doc