Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning asosiy yo'nalishlari

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning asosiy yo'nalishlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning asosiy yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashning asosiy yo'nalishlari Reja: Bolaning maktab ta'limiga tayyorligi tushunchasi. Bolaning maktabda o'qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi. Bolaning maktabda o'qishga aqliy tayyorligi. Bolaning maktabda o'qishga jismoniy tayyorligi. Tayanch iboralar: tayyorlov, guruh, maktab ta'limi, psixologik xususiyatlar, jismoniy yetuklik, aqliy yetuklik, ma'naviy yetuklik, axloqiy - irodaviy xususiyatlar, so'z boyligi. Bolaning maktab ta'limiga tayyorligi tushunchasi. Ozbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim to'g'ri sidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta'limni uyda, ota-onalarning mustaqil ta'lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular haftada 2-3 marta shug'ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta'lim shaklini tanlash huquqi beriladi. 6-7 yoshli bolaning maktab ta'limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish - bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko'prik vazifasini utashini, oila yoki maktabgacha ta'lim tashkilotdagi ta'lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta'limiga ozorsiz o'tkazishni ta'minlash zarurligini hisobga olishlari lozim. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta'limiga utishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o'zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayok maktab ta'limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bolmagan bilim, tushuncha, ko'nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo'ladi. Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko'ra, «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo'nalishlarini o'z ichiga oladi: -jismoniy; -shaxsiy (ruhiy); - aqliy; -maxsus tayyorgarlik. Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog'lomligi, harakat ko'nikmalari va sifati, qo'l mushaklari va ko'rish-motor muvofiqligi rivojlanganligi bilan izohlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga munosabati, shaxsiy madaniyatning shakllanganligini nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bolaning obrazli va mantiqiy fikrlashi, bilimga qiziqishi, mustaqilligi, o'zini-o'zi nazorat qilishi hamda o'quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish, solishtirish kabi asosiy turlarini bilishini o'z ichiga oladi. Bolaning maktabda ta'lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko'proq bog'liq bo'ladi. Chunki butun o'quv faoliyati shularga, ya'ni nutqiy-mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz mustaqil fikrlashi, til malakasining rivojlanganligi, hikoya qilish, mulohaza yuritish, o'z tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon etish kabi omillar asosiga quriladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta'lim olishi uchun amaliy intellekt rivoji, ya'ni uning namunani chizish, aytib turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi. Va nihoyat, maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o'rgatish va uning maktabning 1-sinf o'quv dasturi materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini shakllantirishni nazarda tutadi. Bolalarni maktabda o'qitishning samaradorligi ko'p jihatdan ularning tayyorgarlik darajalariga bog'liq bo'ladi. Maktabda o'qishga tayyorgarlik - maktabgacha ta'lim tashkiloti va oilada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolaga qo'yiladigan talablar orqali aniqlanadi. Bu talablarning o'ziga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.26 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.26 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga