Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining maqsad va vazifalari

Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining maqsad va vazifalari Reja: Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalari. Davlat talablarida maktabgacha ta'lim-tarbiyaning mazmuni. «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» fanining maqsad va vazifalari. Bolalarni maktabga tayyorlash fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'lim tizimining boshlang'ich turi hisoblanadi, hamda O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risidagi qonun»i va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tashkil etiladi. - Maktabgacha ta'limning maqsadi: bola shaxsini maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablariga muvofik sog'lom va yetuk, maktabga o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish. - Maktabgacha ta'limning vazifalari: bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik xislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, uzining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sogligini ta'minlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari» orqali nazorat kilinadi. Davlat talablaridan maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan ta'lim-tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari hamda ularning maktabga tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo'lib u davlat hujjati sifatida etirof etiladi. Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash» tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. «ta'lim to'g'risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta'limning asosiy omili bo'lgan kadrlarni tayyorlash borasidagi eng zarur tadbirlar tizimi belgilab berilgan. sog'lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustivor yo'nalishidir. Davlat talablari asosida tuzilgan «Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi»ga asosan maktabgacha yoshdagi bolalarning ota-onalari, tarbiyachilari, hamda, uzlari uchun turli sohalar bo'yicha dasturlar, qo'llanmalar, tavsiyalar, kizikarli kitoblar, aqlan va jismonan rivojlantirishga yordam beradigan turli-tuman o'yinchoqlar va ta'lim tarbiya qurollari yoritiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablarida belgilangan ko'rsatkichlarga erishish 6-7 yoshdagi bolalarni maktabga Tula tukis tayyorlashga, maktabda beriladigan ta'limni mukammal uzlashtirishga, mustaqil O'zbekistonning ravnaki uchun xizmat kiladigan barkamol inson bo'lib etishishlariga zamin hozirlaydi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi: Bolalarni jismonan rivojlantirish. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish. Bolalarni manan rivojlantirish. Maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalariga tayangan holda «Bolalarni Maktabga tayyorlash metodikasi» fanining maqsadi talabalarni maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashning metod va usullari bilan tanishtirishdan iborat. «Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi» Fani quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi: - Talabalar maktabgacha ta'limning maqsad va vazifalarini yaxshi bilishlari; - Bolalarning maktab ta'limiga umumiy va maxsus tayyorgarligi tushunchalarini bilishlari; - Bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashni aniqlash yo'llari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.7 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.7 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga