Bolalarni maktabga tayyorlashda tabiat bilan tanishtirish metodikasining roli Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlashda tabiat bilan tanishtirish metodlaridan foydalanish. ko'rgazmali metod amaliy metod og'zaki metod. Bolalarni maktabga tayyorlashda tabiat bilan tanishtirish formalaridan foydalanish. mashg'ulotlardan ekskursiyalardan kundalik hayotdagi ishdan. Bolalar bog'chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida xilma-xil metodlar: ko'rgazmali (kuzatish, rasmlarni ko'rish, diafilm va kinofilmlarni namoyish qilish), amaliy (o'yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar), og'zaki (tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o'qish, suhbat) metodlaridan va xilma-xil formalardan: mashg'ulotlardan ekskursiyalardan kundalik hayotga mehnatdan kuzatishlardan uchastka va tabiat burchagidan o'yinlardan foydalaniladi. Natijada bolalarda bilimlarni egallash malaka va ko'nikmalarni hosil qilish qobiliyatlarini o'stirish ilmiy dunyoqarashlarni axloqiy sifatlarini xulk atvorlarini shakllantirishga erishiladi. Tabiat bilan tanishtirish metodlaridan ko'rgazmali metodlar: KUZATIShLAR, Kuzatish atrof olam predmetlari va hodisalarini maqsadga muvofik rejali idrok etishdir. Kuzatish murakkab bilim faoliyati bo'lib unda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etadi. barqaror diqqat talab etiladi. Kuzatilayotgan hodisani tushuntirishda bolaning tajribasi, bilimi va malakalri muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Tabiatni bolalar bilan birgalikdla kuzatishni tashkil etar ekan, tarbiyani bir kator vazifalarni xal etadi: bolalarda tabiat haqida bilimni shakllantiradi. Kuzatishni urgatadi, kuzatuvchanlikni ustiradi, estetik jihatdan tarbiyalaydi. Predmet va hodisalarning xususiyati hamda sifatlari haqidagi bilimni shakllantirish maqsadida tashkil etiladigan qisqa muddatli kuzatuvlar jarayonida bolalar kismlarning shakli, rangi, kattligi, tuzilishi, fazoviy joylashuvini, satxining harakatini farqlashni, hayvonlar bilan tanishganda esa harakat xarakteri ular chikaradigan tovushlarni xam urganadilar va xokozo. o'simlik va hayvonlarning o'sishi hamda rivojlanishi tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar haqidagi bilimlarning jamgarilishi uchun kuzatishning ancha murakkab turi uzoq muddatli kuzatishlardan foydalaniladi. bUnda bolalarga obyektning kuzatilayotgan holatini ilgarigi bilan kiyoslashga to'g'ri keladi. Bu kuzatishlar davomida bolalarning zexni va kuzatuvchanligi usadi. Analiz qilish, kiyoslash, xulosa chiqarish protsessi takomillashadi. Kuzatishlar tarbiyachi tomonidan bolalarni o'simlik va hayvonlar bilan ob-havo bilan kattalarning tabiatdagi mehnati bilan tanishtirishda tashkil etiladi. Kuzatishlar mashg'ulot va ekskursiyalarda, sayrlarda, tabiat burchagida va shu kabi joylarda olib boriladi. Tarkatma materiallardan foydalanib kuzatish: Bu kuzatishlar o'rta guruhdan boshlab o'tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish bir obyektni kuzatishdan kura ancha murakkabrokdir. Tarkatma material sifatida o'simliklar hamda ularning qismlari: bargi, mevasi, va urugi, shoxlari, sabzavot va mevalardan foydalanish mumkin. Rasmlarni ko'rish, kinofilmlar va diofilmlarni namoyish etish. Bu metodlardan foydalanish xilma-xil vazifalarni xal qilishga: tasavvurlarni aniqlash va konkretlashtirish bilimlarni sistemalashtirish va umumlashtirish estetik idrokni tarkib toptirishga yordam beradi. Rasmlarni ko'rish: rasmlar tabiat hodisalarini batafsilrok ko'rish, diqqatni uzzok muddat shularga karatish imkonini beradi, buni esa kupincha tabiatni bevosita kuzatishda tabiatning dinamikligi hamda uzgaruvchanligi tufayli amalga oshirishning imkoni bulmaydi. Bundan tashqari kupgina hodisalarni bevosita kuzatish mumkin emas. Masalan, yovvoyi hayvonlar, janubiy va shimoliy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.83 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.83 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: docx