Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati

Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati Reja: Bolani maktabga tayyorlashda tibbiy kurikning ahamiyati. Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyda qanday qilib sog'lomlashtirish mumkin? MTMdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni tibbiy, psixologik-pedagogik kuzatuv daftari. Xar bir ota-ona farzandining hayotda o'z o'rnini topishini xoxlaydi. Lekin xamma ota-onalar xam bolani maktabga qanday tayyorlash, unga nimalarni o'rgatish kerakligini bilavermaydi. Bolani maktabga tayyorlashning quyidagi ikki usuli mavjud: bolani oilada maktabga tayyorlash; Bolani MTMda maktabga tayyorlash. Bundan tashqari bolaning maktabga moslashishida bazi qiyinchiliklarga duch kelinadi, bu qiyinchiliklar tibbiy, shaxsiy, ijtimoiy-psixologik, aqliy omillarga bog'liq. Ular o'quv faoliyati jarayonida bartaraf etib boriladi. 5-7 yoshli bola organizimining faol etishish jarayoni davom etadi. Bolaning vazni oyiga o'rtacha 200 gr, buyi 0 0,5 sm ga usa boradi. Tana (gavda) tizilishining imkoniyatlari uzgaradi. 6 yoshga kelib boalning harakat jihatlari etarlicha yaxshi shakllangan bo'ladi: u turli tezliklarda yura oladi, kadam bosishi, tekis, yengil va tez yuguradi. U yugurib kelib sakrash, osilib (chirmashib) chiqish kabi murakkab harakatlarni uzlashtirgan bo'ladi. Uning musiqa mashg'ulotlaridagi harakatlari xilma-xil, ritmik va egiluvchan bo'ladi. U o'yin va mashqlarda chakkonlik, abjirlik, tezkorlik, merganlik kabi sifatlarni yaxshirok namoyon eta boshlaydi. Lekin shular bilan birga ularning asab tizimini mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlari bulmish chakkonlik, chidamlilik, tezkorlik, kuchlilik, epchillik kabilarni yanada rivojlantirish lozim bo'ladi. Bolaning nafaqat o'quv dasturlarini uzlashtirishida, balki xar qanday ishda muvoffakiyatga erishish uchun zarur bo'lgan jismoniy sifatlardan biri chidamlilikdir. Bolani maktabga tayyorlashda navbatdagi muhim ish uni shifoxonada shifokor tekshiruvidan o'tkazishdir. Bolaning sogligi va jismoniy rivojlanishi haqidagi ma'lumotlar maktab uchun zarur. Maktab shifokori va pedagog bolaning jismoniy rivojlanishi, ko'rish va eshitish darajasini hisobga olib, uni o'qishning dastlabki kunlaridayok partaga to'g'ri o'tkazishda, unga tegishli jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini tavsiya etishda, shuningdek, bolaning xulk-atvorini, axloqini bilib olib, xar kaysisiga xos muomala topishda shu ma'lumotlardan foydalanadi. Bola qanday yuqumli kasalliklar bilan ogriganligi, u qanday em-dorilar kabul kilganligi va kasalliklar oldini olish uchun nimalar qilish kerakligini maktab shifokori bilishi lozim. Xar yili 1 yanvardan boshlab, shifoxonaning patronaj hamshirasi shu yili maktabga borishi kerak bo'lgan bolalarning uylariga borib, ota-onalarga bolalarini uzlari bilan birga olib borib, uchastka bolalar shifokoriga ko'rsatishlari lozimligini aytadi. Ota-onalar hamshiraning taklifiga jiddiy karab, paysalga solmay poliklinikaga borilari kerak. Poliklinikada mutaxassis shifokorlar bolaning kuzi, kulogi, burni, tomogini tekshiradilar, tishini davolaydilar. nutqida nuqsoni bo'lgan (ayrim xarflarni noto'g'ri talaffuz etadigan, nutqi noanik, duduklanadigan va xakozo) bola shifokor-logopedga yuboriladi. Bunday atroflicha tekshirishlar natijasida shifokor ota-onalar kuliga bolaning shifoxonadagi shifokorlar kurigidan utganligi haqida ma'lumotnoma beradi. Maktab shifokorning surovi bilan shifoxona bolaning shaxsiy ambulatoriya kartochkasini maktabga yuboradi. Bolalarini birinchi sinfga beradigan ota-onalar bajaradigan tayyorlov ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.81 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.81 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga