Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining metodlari Reja: 1. Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha 2. Tabiat bilan tanishtirishning ko'rgazmali metodi 3. Amaliy metod va uning turlari 4. Tabiatda bolalar mehnati 5. Tabiat bilan tanishtirishning og'zaki metodi. Suhbat Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha Pedagogikada metod - pedagog va ta'lim oluvchining (bolaning) ma'lum ta'limtarbiyaviy natijasi: bilimlarni egallash,| malaka va ko'nikmalarni hosil qilish, qobiliyatlarni o'stirishj, axloqiy sifatlar, xulq odatlarni shakllantirishga erishish uchun yo'llangan hamkorlikdagi faoliyatining usulidir. Bolalar bog'chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlari, psixologiyasi, bilimlari, dastur talablari, o'z oikasi iqlimining tabiati, pedagogik tamoyillarga moslashadi. Yuqoridagi| metodlar birbiri bilan uzviy bog'liq va birbirini to'ldiradi. Tabiat bilan tanishtirishning ko'rgazmali metodi Turli yosh guruhlarda bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi ko'rgazmali metod - kul zatishdan keng foydalanadi. Kuzatish - tabiat jismlari va hodisalarning tabiiy sharoitlarda maqsadga yo'nalgan vd bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilan bilan qabul qilib olishdir. Kuzatish murakkab bilish faoliyati bo'lib, bunda idrok, tafakkur va nutq ishtirok etib, barqaroi diqqat talab etiladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda doimiy kuzatishlar olib borish ularning mantiqiy fikr yuritishi va nutqini o'stirishda g'oyat katta ahamiyatga egadir. Bu haqda K.D.Ushinskiy shunday deydi: «Haqiqiy insoniy, aqliy nutq, to'g'ri mantiqiy fikr yuritishdan iboratdir, to'g'ri mantiqiy fikr yuritish esa, biz ko'rsatgandek, boshqa biror narsadan emas, haqiqiy va aniq kuzatishlardan kelib chiqadi». Bolalarni tabiatdagi narsa va hodisalar bilan ma'lum bir tartibda tanishtirib borilsa, ularda diqqat va kuzatuvchanlik, tabiatga qiziqish, undagi hodisalarni bilishga intilish kuchayib boradi. Kuzata bilish - juda muhim xususiyat bo'lib, bunda bolada to'g'ri yoza bilish, og'zaki nutq malakalari rivojlanadi. Bolalarni hodisa va narsalarni maqsadga muvofiq holda o'zlashtira olishga va ularning eng muhimlarini ajrata olishga o'rgatish zarur. Tarbiyachi kuzatish ishlarini olib borishda narsa va hodisalar o'rtasidagi aloqa va sabablarning bog'lanishlarini ilg'ab olishni bolalarga o'rgatishi kerak. Shunday qilib maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning tafakkurlari tabiat haqidagi aniq bilimlarni to'plash orqali o'sadi. Kuzatishlar diqqatni jalb qilish yo'li bilangina olib borilishi mumkin. Kuzatish, ya'ni narsa va hodisalarga diqqatni maqsadga muvofiq holda jalb qilishga o'rgatish bilan, biz ularda ixtiyoriy diqqatni ham o'stiramiz. Noto'g'ri tushunchalarni tuzatish, yangi tushunchalar hosil qilishga nisbatan ancha qiyinroqdir. Shuning uchun bolalar maktabgacha ta'lim yoshidayoq, his qilish tajribalariga asoslangan holda, tabiat haqida to'g'ri tushunchalarga ega bo'lishlari juda muhimdir. Bolalarda tabiatga qiziqishni tarbiyalash zarur, chunki u sog'lom bo'lmagan faoliyatlarda ham vujudga kelishi mumkin. Masalan, bolalar qo'ng'iz va kapalaklarni tutib olib, nima qilar ekan deb, ularning qanot va oyoqlarini uzib tashlaydilar. Yoki hayvonlarni, qushlarni qiynab, natijasi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.61 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.61 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: docx