Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasining maqsad va vazifalari Reja: Tabiatning inson hayotidagi roli. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tabiat va uning muhofazasiga doir fikrlar tarixidan. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining asoschilari. Tabiat va uning odamlar hayotidagi ahamiyati. Tabiat - bu organik (tirik) va noorganik (notirik) dunyoni o'zida qamrab olgan bir butun olam Tabiat - g'oyat xilma-xil shakllari, tarkibiy qismlari bilan insoniyatni kurshab turgan organik va anorganik olamlar, o'simlik va hayvonot dunyosi. Insoniyat esa undan paydo bo'lib, ajralib chiqqan mavjudotdir. Shu bois uning bir mohiyati tabiiy (biologik), ikkinchi mohiyati ijtimoiydir. Tabiat tushunchasi ko'proq keng va qisman tor ma'nolarda ishlatiladi. Keng ma'noda tabiat butun obyektiv borliq, real voqelik, turli-tuman ko'rinishlardagi olam. Tor ma'noda tabiat fan, asosan tabiiy fanlar tabiatshunoslik o'rganadigan obyektdir. Tabiatning adabiyotlarda ikki darajasi ajratib ko'rsatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Bularning birinchisi insoniyatdan xoli, mustasno tarzda, sof tabiiy holda mavjud bo'lgan tabiatdir; ikkinchisi insoniyat ishtirokida hosil etilgan tabiiy ne'matlar - tuproq, suv havzalari va kanallar, daraxtzorlar, ekinzoru mevazorlar, aholi maskanlari - shahar, qishloq va boshqalar. Tirik organizmlarning ma'lum bir muhitda yashash qonuniyatlarini, ya'ni organizmlarning o'zaro va ularni o'rab turgan atrof-muhit bilan bog'liq bo'lgan hayot tarzini o'rganadigan fan ekologiya deb ataladi. Ekologiya (grekcha oikos - yashash, uy, makon, logos - ta'limot) - umumiy tarzda u organizmlarning yashash joyi, makoni degan ma'noni anglatadi. Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to'rt bo'limga bo'lib o'rganiladi: autekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera. Autekologiya (autos - yunoncha so'z bo'lib, o'zi degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o'zaro munosabatini, ularning qanday muhitga ko'proq va uzviy moslashganligini o'rganadi. Populyatsiyalar ekologiyasi (populyatsion - fransuzcha so'z bo'lib, aholi degan ma'noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma'lum sharoitda turli organizmlar sonining o'zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi. Sinekologiya (sin - yunoncha so'z bo'lib, uning ma'nosi birlikda demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o'simlik va hayvon turlarini o'zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o'rganadi. 4. Ekotizimlarning tadqiq qilishning rivojlanishi biosfera haqidagi ta'limotni vujudga keltiradi. B.Ziyomuhamedovning ta'riflashicha, ekologiya terminining mumtoz ma'nosi ayrim hayvonot turlari va ular populyatsiyalarining hamda o'simliklar turlarining tashqi atrof-muhit bilan munosabatlari, ularning tadrijiy rivojlanishiga ko'rsatadigan ta'sirini o'rganadigan ilm sohasi demakdir.Muhitning organizmni harakatlantiruvchi alohida tarkibiy qismlari (havo, yorug'lik, issiqlik, suv, oziq-ovqat) ekologik omillar deb atala.diA.S.To'xtayev fikricha, ekologik muhit deganda tirik organizmni o'rab turgan fizik qurshov e'tiborga olinadi. Aniqroq so'z borganda muhit tevarak-atrofdagi o'zaro bog'lanishlardagi shart-sharoitlar va ta'sirlar majmuidir (tabiiy va sun'iy muhit). Ekologik omil esa tirik organizmlarga to'gridan-to'g'ri ta'sir etuvchi ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.12 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:51
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.12 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:51 ]
Arxiv ichida: docx