Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning ish shakllari Reja: 1. Amaliy mashg'ulotlar 2. Ekskursiya Amaliy mashg'ulotlar Maktabgacha ta'lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilmaxil shakllarda: mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda, hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg'ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o'yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig'ilib boradi. Mashg'ulotlar ularga aniqiash va tizimlashtirish imkonini beradi. Bolalarni mashg'ulotlarda o'qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg'ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko'ra tanlanadi. Mashg'ulotlarning bir xillarida boshlang'ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rish, badiiy asarlarni o'qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko'rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg'ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o'tilgan metodlardan tashqari bu mashg'ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg'ulotlarning asosiy vazifasi - bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o'yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan oilimlarini mehnat va o'yinlarda amalda qo'llaydilar. Mashg'ulotlar kichik va o'rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada lmartadan o'tkazitedi. Ekskursiyalar o'rta guruhdan boshlab tashkil etiladi. Barcha §L'i'uhlarda qo'shimcha sifatida maqsadli sayrlar o'tkaziladi. Mashg'ulotga tayyorlanish. Mashg'ulotning samaraliligi tarbiyachining tayyorgarlik darajasiga bog'liqdir. Tarbiyachi mashg'ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo'yicha tabiatshunoslik bilimlarini to'ldirishi, so'ng mashg'ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim. Bunda tarbiyachi «Uchinchi ming yillikning bolasi» dastur vazifalariga, bolaning qobiliyat darajasiga hamda tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga tayanadi. Mazkur mashg'ulot mazmunini tanlashda uning ish tizimidagi o'rni (mashg'ulotda boshlang'ich bilimlarni shakllantirish jarayoni sodir bo'lyaptimi, yoki ular boyitilib bir tizimga solinyaptimi, bilimlarni qo'llash mashq qilinyaptimi va shu kabilar)ni aniqlash lozim. Bu o'rinda tarbiyachi darsning maqsadi va mazmuniga qarab turli metodlarni qo'llaydi. Tarbiyachi qanaqa metod va uslublar tanlamasin ulardan kompleks, bir-birini to'ldirgan holda foydalanishi, bu asosiy maqsad - o'rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to'g'ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak. Mashg'ulotda hal etiladigan tarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, g'amxo'rona, estetik munosabatlarni shakllantirishga yo'llanadi. Mashg'ulotga tayyorlanish hamda uni o'tkazishda uning tuzilishini to'g'ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlash ta'limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obyektning xususiyatlari hamda bolalarning yoshiga bog'liqdir. Masalan, yovvoyi hayvonlar haqidagi bilimni shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilmlar ko'rsatish orqali, tabiat burchagidagi hayvonlar va o'simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma'qul. Kichik yoshdagi bolalar mashg'ulotlarida kuzatish, o'yin metodlaridan foydalaniladi. Og'zaki metoddan, asosan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarda foydalaniladi. Tanlangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.01 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 16.01 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga