Bolalarni tevarak - atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash uslubiyoti

Bolalarni tevarak - atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash uslubiyoti

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarni tevarak - atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash uslubiyoti - rasmi

Material tavsifi

Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash uslubiyoti Reja: 1. Tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar tomonidan lug'atni o'ziashtirish xususiyatlari 2. Bolalar bog'chasida lug'at ishining vazifalari va mazmuni 3. 'Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya dasturi bo'yicha turli yosh guruhlarida olib boriladigan lug'at ishi 4. Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash bo'yicha mashg'ulot turlari 1. Tevarak-atrof bilan tanishtirishning ahamiyati, bolalar tomonidan lug'atni o'ziashtirish xususiyatlari Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash bolalar bog'chasi tarbiyachilarining oldiga qo'yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha tarbiya yoshi bolalarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari juda tez o'sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo'lga qo'yar va boshqarar ekan, har bir bolaga uning to'plagan tajribasini tartibga solishda yordarn- lashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanlik va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olantni bilishga bo'lgan qiziqishini o'stiradi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga axloqiy tarbiya berish vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning so'z boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuq- tayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi. Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlashga doir ishlarning mazmuni hamda ko'lami bolalarning yosh xususiyatlariga bog'liq bo'lib, bu bolalar bog'chasining har bir guruhi uchun tarbiya dasturida alohida belgilab berilgan. Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog'liq bo'ladi. Yuqoridagi fikrlardan bizga ma'lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar), yangi tug'ilgan chaqaloqlar vig'lash orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq, biror joyning og'rishi yoki issiqlash va hoka- zolarga) javob beradi. Bola 2 - 3 oylik bo'lganda katta kishilar- 68 ning gaplariga, tevarak-atrofdagi g'ala-g'ovurlarga diqqat bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara boshlaydi. Bu esa 2 - 3 oylik bolaning rivojlanishiga xos bo'lgan so'zni ifodalaydi, ya'ni katta kishilar bilan aloqa qilish istagi vujudga kelganligidan dalolat beradi. Bola 5 - 6 oylik bo'l- ganda yengil talaffuz etiladigan tovushlarni birlashtirib, so'z chiqaradigan bo'ladi, 8 - 9 oyligida aytilgan buyumlarni ko'zi bilan qidirib, uni topadi va qo'li bilan ko'rsatadi yoki olib keladi. Bola bir yoshga to'lay deb qolganda o'nga yaqin so'zni talaffuz eta oladi. Bolalarning yoshi o'sgan sari ko'p narsalarga qiziqadi. o'zi bilntagan narsalarni bilib olishga intiladi. Bola bir yarim yoshga to'lganda uning lug'atidagi so'zlar miqdori 20 - 30 taga yetadi. Bu so'zlar o'ziga tanish bo'lgan kishilar: aya, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 159.59 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 159.59 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga