Bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar

Bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar - rasmi

Material tavsifi

Bolalarning maktab ta'limiga tayyorgarligiga ta'sir etuvchi omillar Reja: Bolalarni maktabga tayyorlashda oilani va maktabgacha ta'lim tashkilotining o'rni. Bolalarni maktabga tayyorlashda ta'limiy faoliyatlarning ahamiyati. Bolalarni maktabga tayyorlashda jismoniy tarbiyalashning ahamiyati. Bolalarni maktabga tayyorlashda elementar matematuk tasavvurlarni shakllantirishning ahamiyati. Bolalarni mehnat malaka ko'nikmalarini shakllantirish orqali maktabga tayyorlash. Bolalarni maktabga tayyorlashda tabiat bilan tanishtirsh mazmuni. Tasviriy faoliyat ta'limiy faoliyatlari orqali bolalarni maktabga tayyorlash. Tayanch so'zlar: oila, mashg'ulot, shakl, ma'naviy tarbiya, faoliyat, estetik tarbiya, mehnat tarbiyasi, rasm, loy, qurilish materiallari, musiqa, jismoniy madaniyat. Bolalarni maktabga tayyorlashda oilani va maktabgacha ta'lim tashkilotining o'rni. O'zbekiston Respublikasida Maktabgacha ta'lim to'g'risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta'limni uyda ota-onalarning mustaqil ta'lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jalb qilingan bolalar uchun MTTlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o'rni juda kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a'zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to'g'ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak mas'uliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan ma'naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma'naviy tarbiyani bolaga o'tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo'lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she'r va qo'shiqlarni yod oldirish, qadriyat va an'analarimizni o'rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadi-ki boshqa hech qaysi tarbiya obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mehr-muruvvat, rahm-shafkat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va sadokat minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o'rni bor. Oila davrasida qo'shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o'qish, birga spektakl va kino ko'rish va tahlil qilish, qiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va hakozolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. Ota-onalar voyaga etayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga o'ta mas'uliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to'g'ri va vita'minlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to'g'ri tashkil etish vaqtida shifokor nazoratidan o'tkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va ko'nikmalar hosil qilishda, ularning qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko'nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, boshqalarning mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o'rgatishga jiddiy e'tibor berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.57 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:51 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.57 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga