Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogik va monologik nutqning ahamiyati

Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogik va monologik nutqning ahamiyati

O'quvchilarga / Pedagogika
Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogik va monologik nutqning ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

Bolaning ijtimoiy va shaxs sifatida shakllanishida dialogik va monologik nutqning ahamiyati Reja: Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik to'g'riligini o'stirish. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg'ulotlarning ahamiyati. Monologik nutqini shakillantirishning nazari asoslari. Monologik nutqini shakllantirish usullari. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik to'g'riligini o'stirish. Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini o'zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik dialog nafaqat aloqa (intellektual mazmun) va o'z manfaatlariga yo'nalishni, balki sherikning nuqtai-nazarini, uning qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko'zda tutadi. Bolalar bunday tajribani kooperativ tusdagi faoliyat (birgalikda yasash, chizish, jamoa o'yinlarini o'ynash) natijasida to'playdilar. Tengdoshlari bilan dialog qilishda bola nutqi mazmundorlikka (dialog vaziyatidan qatiy nazar) dalolatdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik negizida nutqning yangi shakli - monolog tug'iladi va shakllanadi.U bolaning o'z fikrlari, histuyg'ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o'rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo'ladi. Hikoyada, albatta, bolani lol qoldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir qiziq hodisa (tabiat qo'ynidagi qiziqarli uchrashuv, ukasining kulgili harakatlari va h.k.) aks etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tanish ertaklarni, multfilmlar mazmunini aytib berishni, o'qiganlarini so'zlab berishni xush ko'radilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning eng muhim yutug'i - jaranglayotgan nutqqa qiziqishning shiddat bilan rivojlanishi, til faoliyatini eng oddiy anglashning shakllanishidir. So'zga nisbatan lingvistik munosabat dabdurustdan tovush, qofiya, mazmun bilan o'tkaziladigan o'yinlarda, so'z ahamiyati haqidagi savollarda, ularning jarangdorligi va mazmunida ko'rinadi. Til voqeligini anglash uning barcha tomonlarini - fonetik, lektsik, grammatik tomonlarini qamrab oladi. So'zga nisbatan ongli munosabat lug'atni takomillashtirishga (antonimlar, sinonimlar, ko'p manoli so'zlarni tushunish), nutqning tovush madaniyatini rivojlantirishga (tovush talaffuzi, tinglash qobiliyati, intonatsiya ifodaviyligi), nutqning grammatik to'griligini shakllantirishga (morfologiya, so'z yasash, sintaksis), ravon nutqni rivojlantirishga ta'sir ko'rsatadi. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg'ulotlarning ahamiyati. Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, yani bolalar bilan so'zlashishdir. So'zlashish og'zaki nutqning eng oddiy shakli bo'lib, unda bola o'zini tutishi, ko'z qarashi, xatti-harakati, ovozining past-balandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So'zlashish - dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko'pchilik o'rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga etibor qaratiladi. Bunda bir-birining nutqini to'ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so'rash, so'rab bilib olish dialogik nutqqa o'rgatishning usullari sanaladi. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg'ulotlardan biri suhbat metodi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: Tayyorgarlik suhbati (so'zlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitasiya, qayta aytib berish). Suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: Bolalarni To'g'ridan-to'g'ri suhbatlashishga, yani suhbatdoshi so'zlarini bo'lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o'zini tutib turish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.89 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:52 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.89 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga