Boshlang'ich ta'lim pedagogikasining metodologiyasi

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasining metodologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Boshlang'ich ta'lim pedagogikasining metodologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich ta'lim pedagogikasining metodologiyasi O'zbekistonda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlang'ichta'limning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: - boshlang'ich sinf o'quvchilarining tahliliy va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish; - boshlang'ich ta'limni ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish; - boshlang'ich ta'lim samaradorligiga erishish. 1-modul: boshlang'ich ta'lim pedagogikasining nazariy masalalari; 2-modul: boshlang'ich ta'lim didaktikasi; 3-modul: boshlang'ich ta'limda tarbiya nazariyasi; 4-modul: boshlang'ich ta'limda innovatsiya; 5-modul: boshlang'ich ta'limda integratsiya ; O'zbekistonda boshlang'ich ta'lim nazariyasi va amaliyoti quyidagilarga asoslanadi: a) boshlang'ich ta'limda bilim berish, tarbiyalash va o'qitish asoslari; b) boshlang'ich ta'lim bo'yicha milliy tajriba; v) boshlang'ich ta'lim bo'yicha ilg'or mamlakatlarning an'analari; g) boshlang'ich ta'lim metodlari, vositalari va texnologiyalari. Bo'lajak o'qituvchilar boshlang'ich ta'limning mazkur nazariyasi va amaliyoti asoslarini o'zlashtirishlari taqozo etiladi. O'sish va rivojlanishning umumiy qonuniyatlari, organizm va muhit Bolalarni to'g'ri tarbiyalash uchun ular organizmining o'sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O'sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Akseleratsiya. Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tezlashuvidir. Hozirgi davrda keyingi 100-150 yil ichida bolalar va o'smirlar akseliratsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Bunday akseleratsiya O'zbekistonda ham ko'zga tashlanmoqda. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarning bo'yi 5-6 smga, kichik va o'rta maktab yoshidagi bolalarning bo'yi 10-15 smga, 8-10 kg ga ortdi. Akseleratsiya ruhiy va jismoniy rivojlanishda kuzatilmqda. С В Ю З Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o'sish va skelet suyaklarini qotishi davom etadi, oyoqlarning o'sishi hisobiga tana proporsiyalari o'zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po'stlog'ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Ta'limni tashkil etish shakllari Ta'lim tizimida eng ko'p qo'llaniladigan dars turlari quyidagilardir: 1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 2. O'tilgan matеriallarni mustahkamlash darsi. 3. O'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini tеkshirish va baholash darsi. 4. Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari. 5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nеchtasini birga qo'llanish). Dars tuzilishini biridan ikkinchisiga o'tishi va shu orqali-darsning shakli hamda usullarining o'zgarishi dars bosqichi dеb yuritiladi. Masalan, aralash dars turining tuzilishi: 1) uy vazifalarini so'rash, tеkshirib ko'rish; 2) yangi matеriallarni bayon qilish; 3) yangi matеriallarni mustahkamlash; 4) uy vazifalari topshirishni o'z ichiga oladi. Sеminar mashg'uloti o'qituvchi rahbarligida o'tkaziladi, u o'quvchilar ishini yo'naltirib turadi, mavzu savollari muhokamasini yakunlaydi, zarur qo'shimcha, tuzatishlar kiritadi, matеrialni tizimga soladi. Ma'ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o'quvchilarga baho qo'yiladi. Ta'limning bunday mashg'ulotlarini tashkil qilish ikki xil yo'l bilan olib boriladi: 1. Amaliy tajriba mashg'ulotlari. 2. Ekskursiyalar. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga tabiatshunoslik o'quv predmetidan tabiatga va uning jism va moddalar haqida o'zlashtirilgan bilimlarni o'z vaqtida aniqlash va ularni baholab borish alohida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.96 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:54 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 12.96 MB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga