Dislaliya - rasmi

Material tavsifi

Dislaliya Reja: 1. Dislaliya, uning shakllari 2. Dislaliya turlari 3. Dislaliyani bartaraf etishda logopedik ta'sir metodikasi Dislaliya, uning shakllari Dislaliya termini grekcha so'zdan olingan bo'lib, dis - buzilish, lalia - nutq degan ma'noni anglatadi. Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko'p tarqalgan kamchilikdir. YE.F. au ma'lumotiga ko'ra, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar maktabgacha yoshdagi bolalarda 15 - 20% ni, kichik maktab yoshdagi bolalarda 5 - 7% ni tashkil etar ekan. M.N. Aleksandrova ma'lumotiga ko'ra Rossiyada 5 - 6 yoshli bolalarda sirg'aluvchi tovushlar (s, z, ts) 23%, shovqinli tovushlar (sh, j) 24%, afrikat tovush (ch) 13%, «r» tovushi 26%, «l» tovushi 10%, jaranglilar 4,5%, «y» tovushi 1,5%, til orqa tovushlar 1% ko'rsatkichlarda noto'g'ri talaffuz etilishi ko'rsatiladi. M.M. Aleksayeva ma'lumoti bo'yicha 5 yoshli bolalarda sirg'aluvchi tovushlar (s, z, ts) 17,3%, shovqinli tovushlar (sh, j) 60,4%, «r» tovushi 46,7%, «l» tovushi esa 7,2% tashkil etar ekan. R. Bekker ma'lumotiga ko'ra, Germaniyada dislaliya hodisasi 5 - 6 yoshli bolalarning 34% uchrar ekan. K. Onezora dislaliya umumta'lim maktabi o'quvchilarining 18,5% ida kuzatilar ekan. Miloslav Zimeyenning Pragadagi bolalar bog'chasida olib borgan tekshirishlariga ko'ra, dislaliya quyidagi raqamlarni tashkil etgan: 3 - 4 yoshli bolalarda 69%, 4 - 5 yoshlilarda 58%, 5 - 6 yoshli bolalarda 46%, 6 - 7 yoshlilarda esa 37%. O'zbekistonda M. Ayupova ma'lumotiga ko'ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%, 6 yoshli bolalarda esa 22,9% ni tashkil etadi. M. Ayupova ma'lumoti bo'yicha 5 yoshli bolalarda sirg'aluvchi (s, z) 32,1%, shovqinlilar (sh, j) 38,4%, «r» tovushi talaffuzida 60,7%, til orqa tovushlari 25%, chuqur til orqa tovushlari (q, g') 7,1, «l» tovushi 5,4% tashkil etgan. Hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparat inervatsiyasi saqlangan va eshitish normada bo'lganda tovushlar talaffuzidagi kamchilik deb talqin etiladi. Etiologik1 belgilarga ko'ra dislaliya ikki shaklga bo'linadi: mexanik (organik) va funksional dislaliya. Mexanik dislaliya va uning sabablari Mexanik (organik) dislaliya periferik nutq apparatning (til, jag', tanglay, tish) organik buzilishi natijasidir. Til tagidagi etning (yugancha) kaltaligi mexanik dislaliyaga sabab bo'ladi. Bu kamchilik til harakatini qiyinlashtiradi, til tagidagi etning haddan tashqari kalta bo'lishi tilning yuqori tomon ko'tarilishiga imkon bermaydi. Bundan tashqari, tilning haddan tashqari katta bo'lishi yoki haddan tashqari kichik va tor bo'lishi ham dislaliyaga olib keladi. Bunday hollarda to'g'ri artikulyatsiya qiyinlashadi. Jag' tuzilishidagi kamchiliklar prikus nonormalliklarga olib keladi. Nonormal prikuslar bir necha xil ko'rinishda bo'lishi mumkin. Prognatiya - yuqori jag' oldinga tomon chiqqan bo'ladi. Buning natijasida pastki oldingi tishlar yuqoridagi tishlar bilan birlashmaydi (4-rasm). Progeniya - pastki jag' oldinga chiqqan bo'ladi (5-rasm). Ochiq prikus-yuqori va pastki jag'lar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 117.11 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 15:58 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 117.11 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga