Dizartriya Reja: 1. Dizartriya tasnifi va uning shakllari 2. Dizartriyani bartaraf etish bo'yicha olib boriladigan logopedik ta'sir tizimi Dizartriya uning tasnifi va shakllari Dizartriya - nutq apparati inervatsiyasining organik buzilishi sababli nutqning talaffuz tomonidan buzilishidir. Dizartriya termini grekcha so'zdan olingan bo'lib, dis - bo'lak, arthon - biriktirish degan ma'noni bildiradi. Dizartriya-bu markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishi hisoblanadi. Dizartriyada nutq a'zolarining (yumshoq tanglay, til, lablar) kam harakatlanishi natijasida nutq tovushlari artikulyatsiyasi qiyinlashadi, shu bilan birgalikda ovoz, nafas buzilishlari hamda nutqning sur'ati, ritmi va ifodaliligida o'zgarishlar kuzatiladi. Dizartriyaning og'ir formasida nutq butunlay tushunarsiz bo'ladi. Bunday hol anartriya deb ataladi. Anartriya termini grekcha so'zdan olingan bo'lib, a-yo'q, arthon - biriktirish degan ma'noni bildiradi. Dizartriyani tasniflashda mutaxassislar turli xil yondashadilar: jarohatlanish o'chog'iga qarab, nevrologik simptomning ustunligi yoki neyrolingvistik qarashlar bo'yicha YE.N. Vinarskaya (1973), K.N. Vittorf (1940), K.Vovatr (1966), L.A. Danilova (1969), M.Zeyeman (1962), M.V.Ippolitova (1965), S.S. Lyapidevskiy (1968), YE.M. Mastyukova (1985), I.I. Panchenko (1974), K.A. Semyonova (1979), M.B. Eydinova. Ammo ko'pchilik mutaxasislar dizartriyani tasniflashda jarohatlanish o'ch'g'ini hisobga olish tamoyiliga amal qilib, dizartriyani quyidagi turlarga ajratadilar: bulbar, psedobulbar, qobiqli dizartriya, qobiq osti va miyachali dizartriya. Bulbar dizartriya. Uzunchoq miya - medullaoblongata - yana ikkinchi ancha eski nomga ham ega - bulbus cerebri - qaysiki miya o'qining bir qismi piyoz boshchasi bo'laklariga bulbus, piyoz boshchasi tashqi yuzasi bilan o'xshashdir. Miyaning bulbar qismiga tegishli IX, X va XI, XII bosh miya nervlarining periferik o'qlari, po'stloq yoki yadroning shikastlanishi oqibatida yuzaga keluvchi simptokompleksning harakat buzilishlari bulbar falaj deb ataladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronlarning hujayralari orqa miyaning oldingi shoxlarida yoki miya o'qining mos yadrolarida yotadi. Ularning aksonlari u yoki bu periferik harakatlantiruvchi nervlarni shakllantiradi. Periferik harakatlantiruvchi neyronning uning istalgan sathidagi shikastlanishi periferik falaj parezning klinik ko'rinishini beradi. Bunda nerv impulslari mushaklarga kelmasligi, shuning uchun undagi almashinish jarayonlarining buzilishini hisobga olsak, mushaklar atrofiyasi, tovushining pasayishining yuzaga kelishi sabablari ma'lum bo'ladi. Muskullar mo'rt, bo'sh bo'lib qoladi, shuning uchun bu ko'pincha atrofik falaj deb ataladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronning shikastlanishi birlamchi reflektor yoylarining uzilishiga sabab bo'ladi. Bunda teri va pay reflekslari yo'qolib, arefleksiya namoyon bo'ladi. Periferik harakatlantiruvchi neyronlardagi patologik jarayon natijasida ham saqlanib qolgan qo'zg'aluvchanligi shu narsaga olib keladiki, atrofiyaga uchrayotgan muskullarda ba'zida alohida muskul to'plamlari va tolalarning tez-tez qisqarishi kuzatiladi. Periferik paralichning ko'rsatilgan klinik ko'rinishlari atrofiya, atoniya va arefleksiya - bulbar falaj holatida IX, X, va XII bosh miya nervlari til-hiqildoq, adashgan va tilosti bilan innervatsiya qilinuvchi muskullarda, ya'ni yutkin, hiqildoq, tanglay, til muskullarida kuzatiladi. Bu muskullarning funksional bo'shashgan falaji yutishning buzilishlari (disfagiya ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
67.4 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
67.4 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: docx