Duduqlanish nutq tezligi va ravonligini pay tortishishi bilan buzilishi Reja: 1. Duduqlanish, sabablari va uning alomatlari 2. Duduqlanishni bartaraf etishga atroflicha yondashish Duduqlanish sabablari va uning alomatlari Duduqlanish - bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur'at-ohangining buzilishidir. Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta'limotning rivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtai nazardan yondashganliklari va yondashayotganligi darajasi bilan bog'liqdir. Duduqlanish sabablari Bungacha Xd. Laguzen (1838) ham besamaralik, uyat, qo'rquv, g'azab, dahshatga tushish, boshning qattiq lat Eyishi, og'ir kasallanish, ota-onaning noto'g'ri nutqiga taqlid qilishni duduqlanish sabablariga qo'shgan edi. I.A. Sikorskiy (1989) ning birinchi bo'lib ta'kidlashicha, duduqlanish bolalar yoshiga xosdir. Chunki bu davrda nutq rivojlanishi tugallanmagan bo'ladi. U irsiyatga muhim ahamiyat berdi, bunda nimjon bolalarda nutq mexanizmlari muvozanatini buzadigan boshqacha ruhiy va biologik sabablarni (qo'rquv, lat Eyish, yuqumli kasalliklar, taqlid qilish) shartli ravishda hisobga oldi. G.D. Netkachyov (1909) duduqlanish sabablarini bolaning oilada noto'g'ri uslubda tarbiyalanishidan qidirdi va qattiqqo'llik bilan hamda erkalatib tarbiyalash zararli deb hisobladi. Chet ellik tadqiqotchilar duduqlanishning kelib chiqish sabablari bolalarni noto'g'ri tarbiyalash, deb ko'rsatadilar (A. SHerven, 1908); yuqumli kasalliklarning oqibatida a'zolarning astenizatsiyalashuvi (A. Gutsman, 1910); tili chuchuklik, taqlid qilish, infeksiya, yiqilish, qo'rqish, o'qitish paytidagi chapaqaylik deb belgilashdi (T. Beifsher, 1912; E. Freshels, 1931). Shunday qilib, duduqlanish etiologiyasida ekzogen va endogen omillarning jami qayd qilinadi (V.A. Gilyarovskiy, M.YE. Xvatsev, I.A. Vlasova, N.I. Krasnogorskiy, N.I. Tyapugin, M. Zeyeman va boshqalar). Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarini ikki guruhga: moyillik sababi («negiz»ga) va keltirib chiqaruvchi sababga («turtki»ga) ajratish mumkin. Bunda ayrim etnologik omillar duduqlanishni rivojlantirishi va uni keltirib chiqarishi ham mumkin. Moyillik sabablariga quyidagilar kiradi: ota-onalarning nevropatik kasallanishi (markaziy nerv sistemasining faoliyatini bo'shashtiruvchi yoki izdan chiqaruvchi nerv kasalliklari, yuqumli va jismoniy kasalliklar); duduqlanuvchining o'zidagi nevropatik xususiyatlar (tungi qo'rquv, enurez, kuchli qo'zg'aluvchanlik, his-hayajonli zo'riqish); konstitutsional moyillik (vegetativ nerv sistemasining kasallanishi va oliy nerv faoliyatining juda ham nozikligi, uning ruhiy shikastlanishga alohida duchor bo'lishi); nasliy buzilish (duduqlanish nutq apparatining tug'ma zaifligi asosida rivojlanadi, u avloddan-avlodga retsessiv alomat tarzida o'tib borishi mumkin). Agar tashqi muhit duduqlanishga salbiy ta'sir ko'rsatsa, ekzogen omillarning ta'sirini e'tiborga olish lozim; bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko'plab salbiy omillar ta'sirida shikastlanishi: ona qornidagi va tug'ma jarohatlanish, asfiksiya; postnatal - yuqumli kasalliklar, turli xil bolalar kasalliklaridagi jarohatli va trofik-almashinuv buzilishlar. Ko'rsatilgan sabablar jismoniy va ruhiy sohalarda turli xil patologik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Nutq rivojlanishining kechiqishiga, nutqning zaiflashuviga olib keladi va duduqlanishning rivojlanishiga imkon beradi. Nomuvofiq shartlarga quyidagilar kiradi: Bolalarning jismoniy ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.75 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.75 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: docx