Duduqlanishni bartaraf etishga atroflicha yondashish Reja: Duduqlanadigan bola uchun ixtisoslashtirilgan muassasalar Logopedik ish pedagogik-tuzatish tadbirlari Duduqlanishni bartaraf etishga atroflicha yondashish Duduqlanishni bartaraf etishga zamonaviy yondashishning qaror topishidan oldin nuqsonni yo'qotishdagi turli usul va sistemalarni bo'yicha izlanish yuzasidan ishlar olib borildi. Duduqlanishni bartaraf etish metodikalarining ko'pligi va Etarli darajada samarali emasligi uning ko'rinishlariniig murakkabligi va uning tabiati haqidagi bilimlar darajasining Etarli emasligi bilan tushuntiriladi. Duduqlanishni bartaraf etishning amaldagi usullari, vositalari va metodlarini o'rganishda ularning duduqlanuvchiga taklif etilgan ta'sir vositalari (tibbiy yoki pedagogik) xususiyatlarini ham ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Birinchi holatda - bu davolash tadbirlari (terapevtik, jarrohlik, ortopedik, psixo-terapevtik), ikkinchisida pedagogik (didaktik) tadbirlar va uchinchisida - duduqlanuvchiga davolash va pedagogik jarayonlarni turli holatda qo'shib olib borgan holda ta'sir etish. Duduqlanishni bartaraf etishning terapevtik vositalari turlicha daraja va shakllarda, qadimdan boshlab (Gippokrat, Aristotel, Tsels, Galen, Ibn Sino, Merkuriales, Klenke, Lixtinger va boshq.) barcha davrlarda ko'llanib kelingan. Terapevtik vositalar duduqlanishni davolashda yagona hisoblanmay, balki uni ma'lum darajada to'ldirib kelgan. Duduqlanishni davolashning jarrohlik metodi eramizning I asridan XIX asr o'rtalariga qadar, to uning besamaraliligi va xavfliligi haqidagi fikrlar tasdiqlanguncha (Antill, Bonne, Diffenbax, Dionis, Peti, Fabritsiy, Eginskiy va boshqadar) qo'llangan. U duduqlanishni artikulyatsiya a'zolarining patologik tuzilishi yoki til muskullarining noto'kis innervatsiyasi sifatida tushunilishi natijasida vujudga kelgan. Mexanik moslamalarni ortopedik maqsadlarda qo'llash Demosfenga borib taqaladi, u o'zining duduqlanishini davolash uchun g'ayrioddiy predmetlarni (dengiz toshchalarini) nutq mashg'ulotlari paytida til ostida saqlagan va bu yaxshi samara bergan. Keyinchalik mutaxassislar duduqlanishni davolash paytida turli xil mexanik moslamalardan foydalanishgan. Masalan, Intar-til vilkasini, Kolomba -til qisqichi va lab kashagini, Ervedi-SHeguan - ikkala tish qatori uchun koplamani, Klenke-til ostiga qo'yiladigan yoy shaklidagi yog'och plastinkani, Merkel - pastki tishlarga qo'yiladigan kit mo'ylabidan tayyorlangan skobani qo'llashgan va hokazo. Ortopedik vositalar duduqlanishni davolashda yordamchi ahamiyatga ega bo'lgan. Psixoterapevtik t a ' s i r l a r. Duduqlanishga nevrotik zaiflashuv sifatidagi qarashlarning paydo bo'lishi bilan ayrim mualliflar uni psixoterapevtik ta'sir orqali bartaraf qilishga birinchi darajali ahamiyat bera boshladilar (Bertran, Lubmann, Laguzen, Merkel, Netkachyov, Freshels, Shultess va boshq.). Ruhiy yo'nalish tarafdorlari duduqlanish zamirida birinchi galda ruhiy hastalikni ko'rdilar, shu sabab duduqlanuvchiga ta'sir ko'rsatish vositalarini tanlashda bu vositalarning uning ruhiyatiga qanday ta'sir qilishini hisobga oldilar. Didaktik usullar. Duduqlanuvchilarda to'g'ri nutqni didaktik usulda tarbiyalash tarafdorlari ham nutqning ayrim elementlarini, ham umuman nutqni qamrab oluvchi turli xil va sekin-asta murakkablashadigan nutqiy mashg'ulotlar sistemasini tavsiya etishdi (Andreye, Gimiller, Gutsman, Dengardt, Itar, Koyen, Kussmaul, Li). Pedagogik-davolash tadbirlar sistemasi I. A. Sikorskiy (1889) va uning shogirdi I. K. Xmelevskiy (1897) tavsiyalarini duduqlanuvchilarga pedagogik-davolash ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.1 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 15:58
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
51.1 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 15:58 ]
Arxiv ichida: docx