Ilk qadam davlat dasturi asosida bolalarni savodga o'rgatish Reja: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari. Bolalarni savodxonlikka o'rgatishda davlat talablarining o'rni. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qish va savodga tayyorlash. Tayanch tushunchalar: ta'lim-tarbiya, aqliy tarbiya, ma'naviyat, tug'ma layoqat, ruhiy tarbiya, rivojlanish, qiziqish, ehtiyoj, minimal talablar, Men konsepsiyasi, omil, nutq, o'qish, savod, tayyorgarlik. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma'naviy jihatdan shakllantirish, ularning tug'ma layoqati, ruhiy rivojlanishi, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam ta'lim olishga (maktabga) tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash jarayoni oldiga qo'yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishi ushbu Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari orqali nazorat qilinadi. Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya mazmunining asosiy yo'nalishlari hamda ularning maktabga tayyorlik darajasiga qo'yiladigan minimal talablar belgilab berilgan bo'lib, u davlat hujjati sifatida e'tirof etiladi. Davlat talablari ko'rsatkichlarini belgilashda davlat va jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi, ota-onalar, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismonan sog'lomligi, qobiliyati, ruhiy rivojlanishi va imkoniyatlari, ya'ni bola shaxsining ustuvorligidan kelib chiqiladi. Bola kishilik jamiyatining sog'lom va faol a'zosi bo'lib yetishishi uchun odamlar orasida yashashi, insoniyat hayoti va mehnati jarayonida ko'p asrlardan buyon to'plab kelinayotgan bilimlarni egallab borishi, kattalar tarbiyasida bo'lmog'i lozim. Bolaning xotirasi va kuzatuvchanligi, diqqati va tafakkuri, his-tuyg'ulari va irodasini mashq qildirish kabi faoliyatlar, odatda murabbiy va tarbiyachilar tamonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining ayrim xususiyatlarini rivojlantirishda bu faoliyatning mazmuni va uning qay darajada uyushtirilganligi katta ahamiyatga ega. Chunki to'g'ri tashkil etilgan faoliyat davomida, atrofdagi kishilar bilan kundalik munosabatda bolaning aqliy, jismoniy va axloqiy rivojlanishi takomillashib boradi. Shuning uchun ham bolalar faolligini bilish, bolada foydali odatlarni shakllantirish, ijobiy xarakter belgilarini rivojlantirish ota-onalar va tarbiyachilarning asosiy vazifasidir. Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko'nikmasi, kattalar va tengdosh o'rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun, bola maktabga qadam qo'yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko'nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi. Bolani biror narsaga o'rgatishgina emas, unda o'z kuchiga ishonchni orttirish, o'z g'oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda Men konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir. O'zbekiston Respublikasida Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to'g'risida Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta'limni uyda, ota-onalarning mustaqil ravishda ta'lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko'rsatadigan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, shuningdek, tashkilotga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta'lim mtashkilotlarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.51 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.51 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: doc