Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish uslubiyoti Reja: 1. Ikki yoshgacha boMgan bolalarning rivojlanishida nutqning ahamiyati 2. Bola hayotining ikkinchi yili. Ikki yoshgacha bo'lgan bolalar nutqini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari 3. Ikki yoshgacha bo'igan bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazish uslubiyotlari 4. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda ta'limiy o'yin va mashg'ulotlar, ularga qo'yiladigan talablar 1. Ikki yoshgacha boMgan bolalarning rivojlanishida nutqning ahamiyati Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi peda- gogikaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bo'yicha uzoq va ko'p yillar davo- niida tadqiqot ishlari olib borildi. Bu masala bo'yicha mashhur olimlar, amaliyotchi-pedagoglar, metodistlardan Y. I. Tixeyeva, N. M. Shelovanov, N. M. Aksarina, N. F. Lasigina, Y. K. Kaverina, G. L. Rozengart-Pupko, G. M. Lyalina, V. A. Petrova, N. S. Karpinskaya, 1. A. Panina, S. L. Novoselova, Y. V. Zvorigina, I. M. Kononova, N. N. Palagina, М. I. Popova, Y. I. Radina va boshqalar tadqiqot ishlari olib bordilar. Bola hayotining birinchi yili eng mas'uliyatli davr bo'lib, bu davrda bola nutqida katta o'zgarishlar sodir bo'ladi. Bu bolaning umumiy rivojlanishida nanioyon bo'ladi. Bola tayyor nutq apparati bilan tug'iladi, iekin u gapirmaydi. Buning sabablari bir qancha: Yangi tug'ilgan chaqaloq (go'dak) o'zining nutq appa- ratidan foydalanish ko'nikmasiga ega emas, bu ko'nikniani unda hosil qildirish kerak. Unda nutq uchun mavzu (obyekt) yo'q, u bu mavzuni (obyektni) to'plashi kerak. Unga nutqning so'z shakllari tan ish emas, bola ular bilan tanishishi kerak. Nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun bolaning tafakkurini rivojlantirish kerak. Nutq kishilarning bir-birlari bilan bo'lgan munosabatida rivojlanadi, go'dak hali atrofmi o'rab olgan kishilar bilan aloqa o'rnatgan emas. Mana shu yuqoridagi yo'nalishlarga qarab, bolalar nutqining rivojlanishiga rahbarlik qilish kerak. Bola nutq apparatining takomillashishiga va nutqining ravojlanish jarayoni tezlashishiga ta'sir etish lozim. O'z vaqtida. to'liq qimmatga ega bo'lgan nutqni egallash bolada to'liq qimmatga ega bo'lgan psixik jarayonning vujudga keli- shida va uni kelgusida rivojlantirishdagi eng muhim vositalardan biri ekanligini olimlar o'zlarining ilmiy-nazariy qarashlarida isbotlab berishgan. Bolada nutq ilk yoshidanoq shakllana boshlaydi. Bu davrda egallangan nutq bolaning kelgusida ona tilini mukammal egaila- shida asosiy zamin bo'lib xizmat qiladi. Bola tug'ilishi bilan atrofdagilar bilan nutqiy munosabatga kirishadi, bu munosabat orqali o'zidagi hamma kuch va qobiliyatni rivojlantiradi. Tarbiyachi-hamshira ilk yoshdagi bolalar nutqini o'stirishga jiddiy e'tibor berishi va uni rivojlantirishga oid barcha ishlarni sistemali tarzda tashkil etishi lozim. Ilk yoshidagi davr bolaning jismoniy va ruhiy tomondan tezkorlik bilan (intensiv) rivojlanish bosqichi hisoblanadi. Bu yoshda markaziy nerv sistemasining rivojlanishida sezilarli o'z- garishlar sodir bo'ladi va miya fiziologik jihatdan yetilib bo'ladi. ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.23 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
43.23 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: docx