Intillektida nuqsoni bo'lgan bolalarni bilish jarayonlarini o'ziga xosligi

Intillektida nuqsoni bo'lgan bolalarni bilish jarayonlarini o'ziga xosligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Intillektida nuqsoni bo'lgan bolalarni bilish jarayonlarini o'ziga xosligi - rasmi

Material tavsifi

Intillektida nuqsoni bo'lgan bolalarni bilish jarayonlarini o'ziga xosligi Reja: Aqli zaif bo'lgan bolalar bilish jarayonlarining o'ziga xosligi ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilish jarayonlarini o'ziga xosligi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalarning psixologik muammosi va xususiyatlari Aqli zaif bo'lgan bolalar bilish jarayonlarining o'ziga xosligi Bilish jarayoni kabi ta'lim jarayonida ham aqli zaif bola bilmaslikdan bilishga, noto'g'ri va noaniq bilimdan tobora to'liqroq va aniqroq bilishgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tadi. Bu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko'rish ham bo'ladi. Muayyan fan va hodisalar obyektiv dunyoni bilish jarayonidan o'rganiladi va ularning tashqi, ichki mohiyatini o'zlashtirish jarayonida omillar aniqlanadi. Mushohada, tasavvur va abstrakt tafakkurga asoslanib faktlar umumlashtiriladi va ilmiy xulosalar chiqarish natijasida nazariyalar, qonunlar va kategoriyalar yaratiladi. Bilish ikki qismga - nazariya va amaliyotga bo'linadi. Nazariya yangi bilimni, yangicha bilishni ifodalovchi tizimli fikrdir. Nazariya har xil shakllarda ifodalanadi: aksioma, teorema, qonun, formula, grafik raqam va boshqalar. Nazariyada g'oya shakllanadi. Amaliyot bilimlarning haqiqiyligini ko'rsatuvchi mezondir. Kuzatish, tajriba, o'zgartirish, yaratish - bular amaliyot shakllariga kiradi. Amaliyot ijtimoiy hayot va tabiatning murakkab jarayonlarini bilib olishda inson uchun asosiy qurol boiib xizmat qiladi. Masalan, Marsni kuzatish jarayonini olaylik. Jonli mushohada va abstrakt tafakkur yordamida uchirilgan ilmiy apparatlar orqali olingan materiallarni laboratoriyalarda tekshirish amaliyotga kiradi. Ilmiy bilishning vazifasi hodisalarning mohiyatini, ularning rivojlanish qonunlarini ochishdangina emas, balki biron - bir qonunning qay tariqa namoyon bo'lish sabablarini ham ko'rsatib berishdan iborat. Ilmiy omil ilmiy bilishning elementi bo'lib, kuzatish, tajriba asosida qo'lga kiritiladi, omilga asoslanmagan bilimning ilmiy qiymati, amaliy faoliyat uchun ahamiyati ham bo'lmaydi. Shuning uchun ilmiy bilimning, fanning asosiy maqsadi omillar asosida yotgan umumiy bog'lanishlarni, qonuniyatlarni topish, ularning mohiyatini bilishdir. Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari bilishda omillarni o'rganishga katta ahamiyat berganlar. Abu Nasr Forobiy (873-950) bilimning elementi bo'lgan omillarini o'rganishga katta ahamiyat bergan. Uning fikricha, bilimning asosini mavjud narsa va hodisalarni inkor ettiradigan omillar tashkil etadi. Ibn Sino (980-1037) kasallikni vujudga keltiruvchi obyektiv omillarni o'rganish asosida kasalliklarni turlarga ajratadi va davolash usullarini ishlab chiqadi. Beruniy (973-1048) tabiat hodisalari sirlarini o'rganishda tajriba, empirik kuzatish va ular asosida olingan faktlarga asoslanadi. Bilish sezishdan boshlanadi. Sezish tevarak - atrofdagi voqelik, narsa va hodisalarning sezgi organlarimizga ta'sir etuvchi ayrim sifatlarining ongimizda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir analizator, I.P.Pavlov takidlab o'tganidek, narsalaming ayrim sifatlarini idrok qiladi: biz sovuq, iliqlik, sho'r, oq, qora, achchiq, chuchuk va hoka'zolarni ko'rish, eshitish, hid bilish, tam - maza bilish, teri - muskul - harakat va organik sezgi organlarining faoliyati orqali bilib olamiz. Sezgilar - olam haqidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.4 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.4 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga