Jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridagi asosiy harakat turlari

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridagi asosiy harakat turlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridagi asosiy harakat turlari - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlaridagi asosiy harakat turlari (4-Amaliy mashg'ulot) Asosiy harakatlar estetik his-tuyg'ularni tarbiyalashda muhimdir: ular chiroyli, to'g'ri kad-qomatning shakllanishiga, harakatlarning aniq, ifodali va uyushgan bo'lishiga, birgalashib harakat qila olishga va fazoda to'la foydalanishga yordam beradi. Asosiy harakatlar ta'lim va tarbiya jarayonida asta-sekin yuzaga keladigan shartli reflekslardir. Maktabgacha bo'lgan davr ichida asosiy harakatlar rivojlanadi, takomillashadi, harakat stereotiplari sifatida mustahkamlanadi. Harakatlarning muayyan izchillikda ko'p martalab takrorlanishi, masalan, yurish, yugurish, uloqtirish va hakazo mashqlarda alohida elementlarning har biri o'rtasida muvaqqat bog'lanishlar paydo bo'ladi. Dastlabki harakatni bajarishda boshlanadigan bo'g'im muskul signalizatsiyasi bevosita keyingi sistemaga mustahkamlanadigan, avtomatlashadigan barcha signallarni uyg'otadi. Bolalarda shu tufayli hosil bo'ladigan dinamik stereotiplar juda barqaror bo'ladi. Bolalarni asosiy harakatlarga o'rgatish va ularni rivojlantirishda chidamli dinamik stereotipni shakllantirish, tezda qayta qura olish, tashqi muhitning o'zgaruvchan sharoitiga moslashish qobiliyatiga alohida e'tibor berishni talab etadi. Mashqlar shunday tanlash kerakki, unda xar bir bola uchun ular o'yini kabi faraz qilinishi balki osonroqdir, agar Qani bolalar oldinga engashing va o'tirib turing va umuman boshqacha aytganda o'yin taklif qilinadi: Gul sayri va gul terish. Bulardan tashqari bolalarga taqlid shaklida bir necha mashqlarni, harakat holatlarni aytilsa, ular darrov zavqlanib bajarilishi mumkin. Masalan, Qani baland bo'yli novcha bo'lib yuring, Pakana bo'lib yuring, Quyon bo'lib yuring, Kuchukcha bo'lib yuring va x.k. Shunday qilib, ko'rsatma metodikaga binoan shug'ullansa, maktabgacha yoshdagi bolasi nafaqat jismoniy rivojlanadi, balki taqlid qilish, pantomim asoslarini bilib tabiiy o'yin va san'at chegaralarini ham o'zlashtirib oladi. Madomiki, eng muhimi, u hech qachon ertalabki badantarbiya qandaydir zerikarli, majburiy bir narsa deb tushunmasligi lozim. Nafas olish mashqlari Tik turgan holda. To'g'ri turing, qo'llarni tepaga ko'taring, tortiling, iloji boricha bir necha marta va chuqur nafas oling. Keyin oyoqlarni tizzadan bukib, gavdani pastga tushurib nafas chiqaring. Tik turib qo'llar belga qo'yiladi. Oyoqlarni bir oz yon tomonga yozib, qo'llar belda chap tomonga engashing. O'ng tomonga tortilib engashib nafas oling. So'ng asosiy holatda tik turib nafas chiqaring. Shundan so'ng o'ng tomonga egiling. Shunda belni tomoni tortiladi. Rostlaning va chuqur nafas oling. Chordona holatida o'tiring. Oyoqlarni chalishtirib o'tiring, qo'llarni bosh orqasiga qo'ying, ko'krakni roslab oling. Boshni orqaga tashlab chuvur nafas oling va nafas chiqaring Qo'llarni o'tirgan holda bosh orqasiga qo'ying va o'ng tomonga engashing. Tizzalarda cho'kkayib o'tirish. Oyoqlarni tizzadan bukib turish va tovonlarga cho'qayib o'tirish. Qo'llarni yelkaga, tepaga, belga va bosh orqasiga qo'yib turishlar. Yurish turlari va sakrashlar Baland bo'lib yuring. Oyoq uchlarida turib qo'llarni cho'zing balandroq. Tepaga qarab, qo'l uchlaridan ko'z uzmasdan cho'ziling - tortiling. Oldinga yuring. Pakana bo'lib yuring. Yarim o'tirish qilib, go'yo pakana ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 99.74 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 99.74 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga