Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini multimedia vositalari orqali tashkil etish (2-amaliy mashg'ulot) Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyasining tatbiq etish sohalaridan asosiysi ta'limdir: ya'ni videoensiklopediya, interfaol yo'naltirgich, trenajerlar, intellektual o'yinlar, kompyuter o'qitish tizimi va masofaviy ta'lim yo'nalishlaridir. Multimedia tizimini nafaqat oliy va o'rta ta'lim tizimida, bundan tashqari malakali mutaxassislar tayyorlash markazlarida, maktabgacha ta'lim muassasalarida ham qo'llash mumkin. Multimedia - (multi - ko'p, media - muhit) bu zamonaviy texnik va dasturiy vositalardan foydalanib, interfaol dasturiy ta'minot ostida boshqariladigan video va audio effektlarning o'zaro bog'liqligi bo'lib, matn, tovush, grafika, foto, videoni birlashtiradi. Bunda ma'lumot turli axborot tashuvchilarida mavjud bo'lishi mumkin (magnit va optik disklar, audio va video tasmalar). Multimedianing apparat - dasturiy vositalari foydalanuvchi o'z ish faoliyatida axborotning matn va grafik shaklidan tashqari yana foydali audio va video fayllar shakllaridan foydalanish hamda o'zlarining animatsiyali rolik va filmlarini yaratishlari mumkin. Multimedia vositalari - bu foydalanuvchi tovush, video, grafika, matn, animatsiya yordamida muloqotda bo'ladigan apparat va dasturiy vositalarning yig'indisi. Grafik va tovush redaktorlari, kartografik axborot va matnlarga ishlov bera oladigan shaxsiy amaliy dasturlar bilan ishlash mumkin. Masalan, oddiy Word redaktorida tayyorlangan faylni grafik faylga aylantirish, bir formatdagi grafik fayllarni boshqa formatdagi grafik fayllarga aylantirish, bir necha multimedia ilovalarini yagona multimedia ilovalariga jamlash, multimedia ilovalarini o'lchamini, hajmini, sifatini va tuzilishini multimedia dasturlari orqali amalga oshirish mumkin. Bunday dasturlarga Adobe PageMaker, Adobe Photoshop, Adobe Flash, 3D Max kabi dasturlar kiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarida chiniqtirish ishlarini yosh xususiyatlarini inobatga olgan, tovush, videoni qo'llagan holda amalga oshirilsa bolalarda doimiy ko'nikmalar hosil bo'ladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida yozgi mavsumda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini ochiq havoda bolalarni yosh xususiyatlari yaqin bo'lgan guruhlarni jamlagan holda tashkil etiladi. Multimedia vositalaridan foydalanish jarayonida tarbiyachi bolalarga mashqlarni oyna tarzida (qarama-qarshi) ko'rsatgan holda bajaradi. Bu esa bolalarning jismoniy tarbiya yo'riqchisi bilan birgalikda jismoniy mashqlarni bajarishi, mashqlarni to'g'ri bajarishga qiynalayotgan bolalarga amaliy yordam berish imkonini beradi. Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim muassasalarini zamonaviy texnik vositalar bilan ta'minlanishi tarbiyachilarga ta'lim jarayonida qulaylik yaratibgina qolmay, balki bolalarni bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini ham oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida axborot texnologiyalaridan foydalanish turli ko'rinishda tashkil etiladi. Masalan, bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar videoproyektor orqali ekranda bolalarga namoyish etiladi. Kichik guruhlarda bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni tarbiyachining harakatlarini kuzatgan holda quyidagicha bajaradilar: turgan joyida oddiy yurish; tizzalarini balandga ko'tarib yurish; qo'llarini yuqoriga ko'tarigan holda oyoq uchida yurish; turgan joyida qo'llarini belga qo'ygan holda tavonda yurish; turgan joyida qo'llarini beliga qo'ygan holda sakrash; turgan joyida qo'llarini yuqoriga ko'tarib qarsak chalib sakrash; - o'ng va chap tomonga ...

Joylangan
30 Sep 2024 | 07:37:26
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
378.42 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:09
Arxiv ichida: docx
Joylangan
30 Sep 2024 [ 07:37 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
378.42 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:09 ]
Arxiv ichida: docx