Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining tuzilishi va mazmuni

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining tuzilishi va mazmuni

O'quvchilarga / Pedagogika
Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining tuzilishi va mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining tuzilishi va mazmuni Reja: Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining tuzilishi va mazmuni. Bolalarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya bo'yicha ishlarni tashkil etish. Jismoniy mashqlar bilan birga amalga oshiriladigan chiniqtirish tadbirlari. Sayrda tashkil etiladigan jismoniy mashqlar va harakatli o'yinlar. Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining tuzilishi va mazmuni. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni jismonan sog'lom, aqlan yetuk, ma'naviy boy, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta'limiga tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashning vazifalari jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasini berish va ularning tug'ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam (maktabga) tayyorlashdan iboratdir. Maktabgacha ta'lim muassasalarida o'tkaziladigan jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining maqsadi va vazifalari bolalardagi turli jismoniy rivojlanishni ko'nikma va malakalarini shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlik, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o'tkaziladigan jismoniy mashg'ulotlar bolalarning o'sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Jismoniy rivojlanish - odam organizmi shakl va funksiyalarining o'zgarish jarayonidir. Jismoniy rivojlanish termini tor ma'noda qo'llaniladi, bunda u antropometrik va biometrik ko'rsatkichlarni anglatadi, chunonchi: gavda, bo'y, og'irligi, ko'krak qafasi aylanasi, o'pkalarning tiriklik sig'imi, umurtqa pog'onasi egikligining darajasi, qaddi-qomatning jismoniy holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tavon gumbazi o'lchovining ko'rsatkichi, o'ng va chap panja mushaklari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. Jismoniy rivojlaish terminini keng ma'noda qo'llaganda, unga jismoniy sifatlar( tezkorlik egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko'z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni jismoniy tarbiya mashg'ulotining maqsadlari quyidagilardir: Bolani salomatligini mustahkamlash; Bolani jismonan baquvvatlashtirish; Bolalarni axloqiy sifatlarini tarbiyalash. Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni jismonan tarbiya vazifalari: 1-vazifa. Bolalarni maqsadga to'g'ri yo'naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun shart-sharoit yaratish. -maktabgacha ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya xonalarini, maydonchalarini kerakli jihozlar bilan yetarli qilib ta'minlash. 2- vazifa. Harakatning hayot uchun muhim turlarini shakllantirish: yurish, yugurish, emaklash, sakrash, o'rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo'l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish. Bolalarni yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini bolalarga qiziqarli metodlar yordamida tashkil etishni rejalashtirish. vazifa. Saflanish va qayta saflanish. Bu harakat maktabgacha ta'lim muassasalaridagi mashg'ulotlarning boshidan to yakunigacha davom etadi. vazifa. O'yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik shu bilan birga gavdani tik tutish malakalarini oshirish; Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarining asosiy, yakuniy qismlarida tashkil etiladigan harakatli hamda kam harakatli bir nomdagi o'yinlar o'ynalish jarayonini bolalarni yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda murakkablashtirib borish. 5- vazifa. Bolalar qomatlarini to'g'ri shakllantirishga ta'sir ko'rsatish va yassi oyoqlilikni oldini olish. Maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya mashg'uotlarida bola ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 469.03 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:09 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 469.03 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga